Soliq qarziga befarq bo‘lmang ...

Joriy yilning o'tgan davrida Qoraqalpog'istonda soliq qarzdorligini undirish bo'yicha 22 773 ta ijro hujjati bajarilib, 312 mlrd. 742 mln. so'm undirildi. Mazkur hujjatlarning umumiy qiymati 627 mlrd. 212 mln. so'mni tashkil etgan. Jumladan, "C.C. MENOR" MCHJdan 9 mlrd. 542 mln. so'm soliq qarzi undirilib, davlat budjetiga yo'naltirildi. Shuningdek, qarzdorlarga tegishli 80 mlrd. 219 mln. so'mlik 467 ta mol-mulk xatlanib, shundan 28 mlrd. 170 mln.
Majburiy ijro byurosi Qoraqalpog‘iston Respublikasi boshqarmasi va uning hududiy bo‘limlari tomonidan soliq qarzdorliklarini undirish borasida bir qator ishlar amalga oshirildi.
Tahlillarga ko‘ra, joriy yilning o‘tgan davrida, soliq qarzdorligini undirishga oid jami 627 mlrd. 212 mln. so‘mlik 22 773 ta ijro hujjatlarining ijrosi ta’minlanib, shundan amalda 312 mlrd. 742 mln. so‘m undirilgan.
Masalan, Byuroning Ellikqal’a tuman bo‘lim ish yurituvidagi Qoraqalpog‘iston Respublikasi Davlat soliq boshqarmasining qaroriga asosan qarzdor "C.C. MENOR" MCHJdan davlat foydasiga jami 9 mlrd. 542 mln. so‘m soliq qarzini undirish belgilangan.
Ushbu qarorning ijrosini ta’minlash maqsadida olib borilgan majburiy ijro harakatlari natijasida 9 mlrd. 542 mln. so‘m soliq qarzdorligi undirilib, davlat budjetiga yo‘naltirilgan.
Bundan tashqari, qoldiqdagi ijro hujjatlarning ijrosini ta’minlash maqsadida qarzdorlarga tegishli 80 mlrd. 219 mln. so‘mlik 467 ta mol-mulklar xatlanib, shundan 28 mlrd. 170 mln. so‘mlik 59 tasi auksion savdolariga chiqarilishi ta’minlangan. Bu boradagi tadbirlar davom etmoqda.































Izohlar 0
…