TikTok yulduziga qurolli hujum: Pokistonda 28 yoshli bloger otib o‘ldirildi

Pokistonda 28 yoshli TikTok foydalanuvchisi Shamsu Bibi Ravalpindi shahrida qurolli hujum oqibatida halok bo'ldi. Voqea 14 avgust kuni u singlisi va ukasi bilan avtomobilda harakatlanayotgan paytda yuz bergan. Hujumda Shamsu Bibining 15 yoshli singlisi ham yaralangan, hujumchilar esa voqea joyidan qochib ketgan. Politsiya hodisa sabablarini o'rganib, hujumchilarni aniqlash bo'yicha tergov olib bormoqda.
Pokistonda 28 yoshli TikTok foydalanuvchisi Shamsu Bibi qurolli hujum oqibatida halok bo‘ldi. Voqea Ravalpindi shahrida sodir bo‘lgan, hujum vaqtida uning 15 yoshli singlisi ham yaralangan.
Politsiya ma’lumotiga ko‘ra, hodisa 14 avgust kuni Shamsu Bibi singlisi va ukasi bilan avtomobilda harakatlanayotgan paytda yuz bergan.
To‘satdan qurolli hujum uyushtirilgan, hujumchilar esa voqea joyidan qochib ketgan.
Otishma oqibatida Shamsu Bibi halok bo‘lgan, uning 15 yoshli singlisi esa jarohatlangan.
Hozircha hujumning aniq sababi va uni kim sodir etgani haqida batafsil ma’lumot berilmagan.
Huquq-tartibot idoralari hujumchilarni aniqlash va voqea sabablarini o‘rganish bo‘yicha tergov olib bormoqda.
Shamsu Bibining TikTok'dagi faoliyati hujumga aloqador bo‘lganmi yoki hodisaning boshqa sababi bormi — tergov yakunlari bu savolga oydinlik kiritishi kutilmoqda.































Izohlar 0
…