Audi o‘zining afsonaviy besh silindrli dvigatelini saqlab qolish imkoniyatlarini ko‘rib chiqmoqda

Audi qattiqqo'l Yevropa ekologik qoidalariga qaramay, afsonaviy besh silindrli turbo dvigatelini saqlab qolish imkoniyatlarini o'rganmoqda. Kompaniya ilk qatorli besh silindrli dvigatelini 1976-yilda Audi 100 uchun taqdim etgan, hozirda esa EA855 2.5 litrli agregat faqat RS3 xatchbeki hamda Cupra Formentor VZ5 modelida qo'llanmoqda.
Avtomobil olamida o‘zining o‘ziga xos ovozi va xarakteri bilan tanilgan besh silindrli turbo dvigatel yana diqqat markaziga tushdi. Audi kompaniyasi qattiqqo‘l Yevropa ekologik qoidalariga qaramay, ushbu o‘ziga xos motor avlodini saqlab qolish yo‘llarini o‘rganmoqda. ixbt.com maʼlumotiga koʻra, mazkur quvvat agregati markza portfelida naq yarim asrlik tarixga ega bo‘lib, brendning sport avtomobillari imidjida muhim o‘rin tutadi. Bu haqda Autocar.co.uk xabar beradi.
Audi o‘zining ilk qatorli besh silindrli dvigatelini 1976-yilda flagman Audi 100 modeli uchun taqdim etgan edi. Shundan buyon kompaniya bu konfiguratsiyadan voz kechmadi va uni Quattro hamda RS2 kabi afsonaviy sport avtomobillariga o‘rnatdi. Ayni paytda TT RS va RS Q3 modellarining ishlab chiqarilishi to‘xtatilgani sababli, bu motor faqatgina RS3 xatchbekida qo‘llanilmoqda. Shuningdek, mazhkur 'EA855' 2.5 litrli agregat konsernning egizak brendi bo‘lgan Cupra uchun ham Formentor VZ5 modeli doirasida yetkazib berilmoqda.
Yangi ekologik talablar va moliyaviy muammolar
Yevrozonada noyabrdan kuchga kiradigan EU7 ekologik reglamenti avtomobilsozlar oldiga jiddiy talablarni qo‘ymoqda. Yaqinda Audi kompaniyasi ushbu qattiq meʼyorlarga moslashish masalasiga to‘xtalib, cheklangan miqdordagi avtomobillarga o‘rnatiladigan motor uchun investitsiyalarni qoplash qiyin kechishini bildirgan edi. Dvigatelni yangi talablarga moslash uchun uning filtrlarini, emissiya sensorlarini, purkash tizimini va katalizatorlarini tubdan o‘zgartirish talab etiladi.Shunga qaramay, Audi Sport rahbari Rolf Mixl kompaniya o‘zining keng sport modellari qatorini saqlab qolishga va boy merosini yanada rivojlantirishga sodiqligini taʼkidladi. Autocar nashriga bergan intervyusida u besh silindrli dvigatelning tarixiy ahamiyatini yaxshi tushunishlarini va baholash jarayonlari davom etayotganini maʼlum qildi. Mutaxassisning taʼkidlashicha, mazkur motor nafaqat tarixiy ildizlarga ega, balki o‘ta o‘ziga xos xarakterga ham egadir.
Kelajakdagi istiqbollar va muhokamalar
Rolf Mixl Audi kompaniyasining sport avtomobillari bo‘limida faoliyat yuritgan yillari davomida barcha uch avlod RS3 modellarining yaratilishiga masʼul bo‘lgan. Uning so‘zlariga ko‘ra, RS3 modeli RS oilasidagi eng hamyonbop avtomobil sifatida muhim vazifani bajaradi va bu omil dvigatelni yangilash uchun biznes-reja asosini mustahkamlashi mumkin. Emotsiyalar ayniqsa kompakt segmentdan boshlanishi va brend bayonoti sifatida bu juda muhim ahamiyat kasb etishi qayd etildi.Hozircha kelajakdagi avlod qanday ko‘rinishga ega bo‘lishi borasida aniq qaror qabul qilingani yo‘q. Muzokaralar davom etmoqda va Audi AG hamkorlari bilan birgalikda texnik imkoniyatlar har tomonlama baholanmoqda. Agar tomonlar ijobiy to‘xtamga kelsa, besh silindrli turbo motor yana bir avlod davomida avtomobil ixlosmandlarini xursand qilishda davom etishi mumkin.































Izohlar 0
…