O‘rmonda topilgan ayiq bolasi oilaning “farzandi”ga aylandi: Stepan qanday ulg‘aydi?

1 daqiqa o'qish904
O‘rmonda topilgan ayiq bolasi oilaning “farzandi”ga aylandi: Stepan qanday ulg‘aydi?

Rossiyalik juftlikning uch oylik yetim ayiq bolasini o‘rmonda topib, uni uyida katta qilgani haqidagi hikoya yana internetda katta qiziqish uyg‘otdi.

Juftlik o‘rmonda yolg‘iz va sog‘lig‘i yomon holatda topilgan ayiq bolasini qutqarib, uyiga olib kelgan. Ularning parvarishida ulg‘aygan ayiqning ismi Stepan deb atalgan.

Eng hayratlanarlisi — yuzlab kilogrammgacha ulg‘aygan yirtqich hayvon odamlar bilan bir uyda yashab kelgan.

Divanda televizor, dasturxonda esa Stepan

Ijtimoiy tarmoqlarda tarqalgan video va suratlarda Stepan divanda o‘tirib televizor tomosha qilayotgani, oilasi bilan dasturxon atrofida vaqt o‘tkazayotgani aks etgan.

U katta bo‘lganidan keyin ham juftlik bilan yaqin munosabatini saqlab qolgan. Stepanning eng katta “muammosi” esa uning ishtahasi. U kuniga o‘nlab kilogramm oziq-ovqat iste’mol qilishi aytiladi.

Shunga qaramay, juftlik uni odamlarga nisbatan tajovuzkor emas, aksincha, juda itoatkor va mehribon deb ta’riflaydi.

Stepan reklama va videolarda ham paydo bo‘lib, Rossiyada “uy hayvoni ayiq” sifatida tanilgan.

Maqola sizga yoqdimi?

Obuna bilan reklama bo'lmaydi

Zamin Premium — oyiga 4 900 so'm

Izohlar0

…

  1. Futbol akademiyalari uchun Skaut: to‘lov, davomat va ota-ona bilan aloqa endi bitta tizimda
  2. Toshkentdan Amerikaga: Nurmuxammad Ismoilov Akinda orqali halol investitsiyani global miqyosga olib chiqmoqda
  3. Avtoservisingizni raqamlashtiring: Bip Business bilan mijozlarni yo‘qotmang
  4. Mashina oynasiga raqam yozish xavflimi? Bip haydovchilar uchun yangi yechim topdi!
  5. 8 ta keng tarqalgan moliyaviy xato: nimalardan saqlanish kerak?
  6. Playmatch: maydon egalari ishini ancha yengillashtiradi
  7. Playmatch: futbol o‘ynash uchun kerakli barcha xizmatlar bitta ilovada
  8. Kundalik xarajatlar uchun kartani qanday tanlash mumkin?
  9. Eldor Shomurodov futbol akademiyasi va TBC Bank: bolalik orzularidan katta futbolgacha
  10. ANORBANK Boʻstonliqdagi 168-son maktab-internat tarbiyalanuvchilarini tabrikladi
  11. Haydovchilar va tashuvchilar uchun OSGOP sug‘urtasining afzalliklari...
  12. Pure Milky’dan navbatdagi kreativ: Har qadam — aziz insonlarga mehr bilan!
  13. Kredit olish imkoniyatini oshirish uchun qayerda ishlash kerak?
  14. Biznes imkoniyatingizni kengaytiring
  15. Fanning rivojlanishiga barchamiz mas’ulmiz!
  16. XIV Toshkent xalqaro kinofestivali qanday o‘tkazilmoqda?