“Qichqiriq” va “Neshvill” yulduzi 36 yoshida vafot etdi: Xeyden Panetterining o‘limi ortidagi savollar

1 daqiqa o'qish226
“Qichqiriq” va “Neshvill” yulduzi 36 yoshida vafot etdi: Xeyden Panetterining o‘limi ortidagi savollar

Mashhur amerikalik aktrisa Xeyden Panetteri 36 yoshida vafot etdi. “Qichqiriq” filmlari, “G‘aroyib qahramonlar” va “Neshvill” seriallaridagi rollari bilan tanilgan aktrisaning o‘limi 16 avgust kuni tasdiqlangan.

Panetteri Janubiy Karolina shtatining Grinvill shahridagi uyida hushsiz holatda topilgan. Tez yordam xodimlari uni qutqarishga uringan, biroq aktrisa voqea joyida vafot etgan. Dastlabki tekshiruvda uning tanasida jarohat izlari aniqlanmagan va huquq-tartibot organlari jinoyat alomatlarini qayd etmagan.

Aktrisaning o‘lim sababi hozircha rasman aniqlanmagan. Tergov va qo‘shimcha tibbiy tekshiruvlar davom etmoqda

1989 yil 21 avgustda tug‘ilgan Panetteri oradan bir necha kun o‘tib 37 yoshini nishonlashi kerak edi.

U “Heroes” serialidagi Kler Bennet hamda “Nashville” dagi Juletta Barns obrazlari orqali xalqaro mashhurlikka erishgan. “Nashville”dagi ijrosi uchun ikki marta “Oltin globus”ga nomzod bo‘lgan.

Panetterining sobiq sevgilisi, bokschi Vladimir Klichko bilan munosabatidan Kaya ismli qizi bor. Aktrisa va Klichko 2014 yilda farzandli bo‘lgan.

36 yoshida hayotdan ko‘z yumgan aktrisaning vafoti uning muxlislari va kino olamida katta qayg‘u bilan qarshi olindi.

Maqola sizga yoqdimi?

Obuna bilan reklama bo'lmaydi

Zamin Premium — oyiga 4 900 so'm

Izohlar0

…

  1. Futbol akademiyalari uchun Skaut: to‘lov, davomat va ota-ona bilan aloqa endi bitta tizimda
  2. Toshkentdan Amerikaga: Nurmuxammad Ismoilov Akinda orqali halol investitsiyani global miqyosga olib chiqmoqda
  3. Avtoservisingizni raqamlashtiring: Bip Business bilan mijozlarni yo‘qotmang
  4. Mashina oynasiga raqam yozish xavflimi? Bip haydovchilar uchun yangi yechim topdi!
  5. 8 ta keng tarqalgan moliyaviy xato: nimalardan saqlanish kerak?
  6. Playmatch: maydon egalari ishini ancha yengillashtiradi
  7. Playmatch: futbol o‘ynash uchun kerakli barcha xizmatlar bitta ilovada
  8. Kundalik xarajatlar uchun kartani qanday tanlash mumkin?
  9. Eldor Shomurodov futbol akademiyasi va TBC Bank: bolalik orzularidan katta futbolgacha
  10. ANORBANK Boʻstonliqdagi 168-son maktab-internat tarbiyalanuvchilarini tabrikladi
  11. Haydovchilar va tashuvchilar uchun OSGOP sug‘urtasining afzalliklari...
  12. Pure Milky’dan navbatdagi kreativ: Har qadam — aziz insonlarga mehr bilan!
  13. Kredit olish imkoniyatini oshirish uchun qayerda ishlash kerak?
  14. Biznes imkoniyatingizni kengaytiring
  15. Fanning rivojlanishiga barchamiz mas’ulmiz!
  16. XIV Toshkent xalqaro kinofestivali qanday o‘tkazilmoqda?