Turkiyada 8 yil yerto‘lada saqlangan va ikki farzandni dunyoga keltirgan o‘zbekistonlik ayol qutqarildi

O‘zbekistonlik ayol Turkiyaga enaga bo‘lib ishlash uchun ketgan, biroq u yerda sakkiz yil davomida tutqunlikda saqlanib, jinsiy ekspluatatsiyaga majburlangan. Ayol O‘zbekistonga qaytarilganida uning vazni atigi 32 kilogramm bo‘lgan. Bu haqda Odam savdosiga qarshi kurashish markazi direktori o‘rinbosari Dilfuza Shodiyeva ma’lumot bergan.
Xabarga ko‘ra, ayol Turkiyada yerto‘lada saqlangan va shu vaqt ichida ikki farzandni dunyoga keltirgan. U politsiya tomonidan o‘tkazilgan maxsus tadbir davomida aniqlangan.
Shodiyevaning ma’lumotlariga ko‘ra, ayolni enagalik ishi va’dasi bilan chet elga olib ketishgan. Xabarda uni o‘z qarindoshi aldab olib chiqib ketgani va keyinchalik sotib yuborgani ham qayd etilgan.
Hozirda jabrlanuvchi va uning farzandlariga zarur yordam ko‘rsatilmoqda. Xabarda ayolning katta farzandi bog‘chaga joylashtirilgani, kichik farzandining hujjatlarini tiklash ishlari olib borilayotgani aytilgan.






























Izohlar 0
…