Andijonda haydovchi rulda uxlab qolib, Damas'ni ag‘darib yubordi

Andijonda haydovchi rulda uxlab qolib, Damas'ni ag‘darib yubordi

Andijon viloyatining Asaka tumanida haydovchi rulda uxlab qolishi oqibatida Damas avtomashinasi daraxtga urilib, ag‘darildi. Hodisa 17 oktyabr kuni soat 23:00 larda «Asaka — Quva» yo‘lining Niyozbotir mahallasi hududidan o‘tgan qismida sodir bo‘lgan.

Ma’lum qilinishicha, 2004 yilda tug‘ilgan haydovchi harakat vaqtida uxlab qolgan va boshqaruvni yo‘qotgan. Avtomobil yo‘l chetidagi daraxtga urilib, ag‘darilib ketgan.

Hodisa oqibatida hech kim jarohat olmagan, ammo mashinaga texnik zarar yetgan. Hozirda holat yuzasidan surishtiruv olib borilmoqda.

YHXB haydovchilarni charchagan yoki uyqusiz holatda mashina boshqarmaslikka chaqirdi. Uyqu bosganda xavfsiz joyda to‘xtab, dam olish tavsiya etildi.

Izohlar 0

…

Mavzuga oid yangiliklar