Samarqandda Damas «zebra»da ag‘darildi (video)

Samarqand viloyatining Payariq tumanida Damas avtomobili piyodalar o‘tish joyida ag‘darilib ketdi. Yo‘l-transport hodisasi 20 noyabr kuni «Aliobod» mahallasi hududida sodir bo‘lgan.
Samarqand viloyati Yo‘l harakati xavfsizligi boshqarmasi ma’lumotiga ko‘ra, Damas haydovchisi aholi yashash hududida belgilangan tezlik me’yoriga amal qilmagan. Oqibatda u avtomobil boshqaruvini yo‘qotgan va mashina piyodalar o‘tish joyida yon tomoniga ag‘darilgan.
Ijtimoiy tarmoqlarda tarqalgan videoda Damas haydovchisining oldinda harakatlanayotgan Labo avtomobilini quvib o‘tishga uringani ham aks etgan.
Hodisa oqibatida hech kim tan jarohati olmagan. Holat yuzasidan Payariq tumani IIB Jamoat xavfsizligi xizmati YHXB tomonidan dastlabki surishtiruv ishlari olib borilmoqda.
Obuna bilan reklama bo'lmaydi
Zamin Premium — oyiga 4 900 so'm
Mavzuga oid yangiliklar
































Izohlar0
…