Xorazmda mast erkak metan zapravkada qarovsiz qoldirilgan Damas'ni olib qochdi

Jamiyat1 daqiqa o'qish0
Xorazmda mast erkak metan zapravkada qarovsiz qoldirilgan Damas'ni olib qochdi

Xorazm viloyatining Urganch tumanida metan gaz quyish shoxobchasining kutish maydonida qarovsiz qoldirilgan Damas avtomobili olib qochildi. Uni mast holatda boshqargan 28 yoshli erkak qo‘lga olindi. Bu haqda IIV huzuridagi Tergov departamenti xabar berdi.

Ma’lum qilinishicha, hodisa 2026 yil 14 noyabr kuni sodir bo‘lgan. 2000 yilda tug‘ilgan J.J. o‘ziga tegishli Damas avtomobilini Urganch tumani Anjirchilar mahallasi hududidagi metan gaz quyish shoxobchasining kutish maydonida ochiq va qarovsiz qoldirgan.

Bundan foydalangan noma’lum shaxs avtomobilni olib qochgan. Holat yuzasidan murojaat kelib tushgach, tergov-tezkor guruhi voqea joyiga yetib borgan. Atrofdagi binolarga o‘rnatilgan kuzatuv kameralari yozuvlari ham o‘rganilgan.

Olib borilgan tezkor-qidiruv tadbirlari natijasida Damas avtomobilini olib qochgan shaxs 1998 yilda tug‘ilgan N.J. ekani aniqlangan.

Tergovda aniqlanishicha, u avtomobilni mast holatda olib qochib, Yangibozor tumani hududidagi «SAM MOY 222» avtomobillarni yuvish shoxobchasi yonida qulflangan holda qoldirgan va o‘zi noma’lum tomonga yashiringan.

Mazkur holat yuzasidan N.J.ga nisbatan Jinoyat kodeksining 267-moddasi 1-qismi (transport vositasini olib qochish) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan. Unga nisbatan qamoqqa olish tarzidagi ehtiyot chorasi qo‘llanilgan.

Hozirda tergov harakatlari davom etmoqda.

Binoning oldida bir nechta mashinalar va tergov ishlari olib borayotgan odamlar.

Keyingi yangilik

Maqola sizga yoqdimi?

Obuna bilan reklama bo'lmaydi

Zamin Premium — oyiga 4 900 so'm

Izohlar0

…

  1. Futbol akademiyalari uchun Skaut: to‘lov, davomat va ota-ona bilan aloqa endi bitta tizimda
  2. Toshkentdan Amerikaga: Nurmuxammad Ismoilov Akinda orqali halol investitsiyani global miqyosga olib chiqmoqda
  3. Avtoservisingizni raqamlashtiring: Bip Business bilan mijozlarni yo‘qotmang
  4. Mashina oynasiga raqam yozish xavflimi? Bip haydovchilar uchun yangi yechim topdi!
  5. 8 ta keng tarqalgan moliyaviy xato: nimalardan saqlanish kerak?
  6. Playmatch: maydon egalari ishini ancha yengillashtiradi
  7. Playmatch: futbol o‘ynash uchun kerakli barcha xizmatlar bitta ilovada
  8. Kundalik xarajatlar uchun kartani qanday tanlash mumkin?
  9. Eldor Shomurodov futbol akademiyasi va TBC Bank: bolalik orzularidan katta futbolgacha
  10. ANORBANK Boʻstonliqdagi 168-son maktab-internat tarbiyalanuvchilarini tabrikladi
  11. Haydovchilar va tashuvchilar uchun OSGOP sug‘urtasining afzalliklari...
  12. Pure Milky’dan navbatdagi kreativ: Har qadam — aziz insonlarga mehr bilan!
  13. Kredit olish imkoniyatini oshirish uchun qayerda ishlash kerak?
  14. Biznes imkoniyatingizni kengaytiring
  15. Fanning rivojlanishiga barchamiz mas’ulmiz!
  16. XIV Toshkent xalqaro kinofestivali qanday o‘tkazilmoqda?