Toshkent ko‘chalarida yangi tartib: velosiped va samokatlar uchun maxsus yo‘laklar paydo bo‘ldi

Toshkentning ayrim ko‘chalarida velosipedlar va elektr samokatlar uchun maxsus yo‘laklar tashkil etildi. Yangi yo‘laklardan asosiy maqsad transport oqimlarini ajratish va yo‘l harakati xavfsizligini oshirish.
Maxsus yo‘laklar velosiped va elektr samokat haydovchilarini avtomobillar harakatlanadigan qismdan ajratishga xizmat qilishi kerak.
Bu esa individual harakatlanish vositalari ishtirokidagi yo‘l-transport hodisalari xavfini kamaytirishga qaratilgan.
Ammo savol ochiq: yo‘l chizig‘ining o‘zi xavfsizlikni ta’minlash uchun yetarlimi?
Ayrim hollarda avtomobillar maxsus yo‘lakka kirib ketishining oldini olish uchun yo‘l chizig‘idan tashqari qo‘shimcha himoya vositalari ham qo‘llanadi. Masalan, yo‘laklar va avtomobillar harakatlanadigan qism o‘rtasida jismoniy to‘siqlar, ustunlar yoki ajratuvchi konstruksiyalar o‘rnatilishi mumkin.
Bu masala ayniqsa transport oqimi zich bo‘lgan ko‘chalarda muhim.































Izohlar 0
…