Toshkentda taksi orqali narkotik tarqatgan guruh ushlandi

Toshkent shahrida taksi xizmatidan foydalanib, sintetik narkotik moddalarni tarqatib kelgan jinoiy guruh faoliyatiga chek qo‘yildi. Bu haqda Ichki ishlar vazirligi ma’lum qildi.
Dastlabki ma’lumotlarga ko‘ra, guruh a’zolari Rossiyadan noqonuniy ravishda olib kirilgan narkotik moddalarni qabul qilib, ularni buyurtmachilarga yetkazib berish bilan shug‘ullangan.
Tezkor tadbirlar davomida 2009 yilda tug‘ilgan maktab o‘quvchisi va uning sheriklari qo‘lga olingan. Narkotik moddalarni yashirish uchun esa arra va perforator kabi turli asboblardan foydalanilgani aniqlangan. Ular mazkur buyumlar ko‘rinishida taksi orqali manzillarga yetkazilgan.
Tadbirlar davomida jami 1 kilogrammdan ortiq “alfa-PVP” sintetik narkotik moddasi hamda gashish moyi daliliy ashyo sifatida olib qo‘yilgan.
Holat yuzasidan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan. Gumonlanuvchilarga nisbatan qamoqqa olish ehtiyot chorasi qo‘llanilgan. Hozirda tergov doirasida guruhning boshqa ehtimoliy a’zolari va narkotik moddalar yetkazib berish zanjiriga aloqador shaxslar aniqlanmoqda.






























Izohlar 0
…