
Senga hidoyatin tutmish Xudoyim,
Oyatin joylamish qorachiqlarga.
Ibratga aylanding toabad, doim,
Qur’on o‘qimagan ko‘z ochiqlarga.
Qalb ko‘zi hammadan nurafshon, to‘kin,
Bugun bor ko‘ngillar senga asirlar.
Qiyomat kunida ko‘z ochgan chog‘ing,
Shu ko‘zni yashnatsin Qur’oniy nurlar.
Ko‘zlaringga Kalom eng asil malham,
Ammo bir narsadan titranar ko‘nglim:
Qiyomat tongida bizga juda ham
Katta hujjat bo‘lib ketyapsan, singlim!
Xayrullo Hamidov
Manba: azon.uz “Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar