“Saraton deyishdi”: Azoda operatsiyasining sababini va farzandidan ayrilganini o‘z sahifasida ochiq gapirib berdi

Xonanda Azoda Yusupahmet homiladorlik davrida salomatligida muammolar paydo bo‘lgani sabab Turkiyada operatsiya qilinganini aytdi. O‘zbekistondagi tekshiruvlardan birida unga saraton tashxisi qo‘yilgan, biroq Turkiyadagi tekshiruvlar bu tashxis noto‘g‘ri bo‘lganini ko‘rsatgan. Shifokorlar homiladorlik uning o‘zi va bolasi uchun xavfli bo‘lishi mumkinligini bildirgan, keyinchalik esa Azoda farzandidan ayrilgan.
Xonanda Azoda Yusupahmet nima sababdan Turkiyada operatsiya qilingani haqida ijtimoiy tarmoqda ochiq gapirdi. Uning aytishicha, homiladorlik davrida nafas olishi qiyinlashib, salomatligida muammolar paydo bo‘lgan.
Azoda bir emas, bir nechta mutaxassisga murojaat qilganini aytdi. Shifokorlar homiladorlik uning o‘zi va bolasi uchun xavfli bo‘lishi mumkinligini bildirib, tug‘maslikni tavsiya qilgan. Tekshiruvlardan birida unga saraton kasalligi borligi aytilgan.
Xonanda bu xabarni eshitgach, qattiq ruhiy zarba olgani va qon bosimi tushib ketganini esladi. Oradan vaqt o‘tib, u farzandidan ayrilganini ham ma’lum qildi.
Keyinchalik Azoda Turkiyaga borib, u yerdagi shifokorlar nazoratida operatsiya qilingan. Uning so‘zlariga ko‘ra, Turkiyadagi tekshiruvlardan so‘ng O‘zbekistonda unga qo‘yilgan saraton tashxisi noto‘g‘ri bo‘lgani aniqlangan.































Izohlar 0
…