Rossiya O‘zbekistondan kelgan 20 tonna uzumni xavfli begona o‘t sababli to‘xtatdi

Rossiya O‘zbekistondan kelgan 20 tonna uzumni xavfli begona o‘t  sababli to‘xtatdi
Qisqacha

Rossiyaning Samara shahriga O‘zbekistondan olib kelingan 20,1 tonna uzum partiyasida xavfli karantin begona o'ti — povilika aniqlanib, yuk to'xtatildi. Topilma "VNIIZJ" muassasasining Samaradagi filialida o'tkazilgan maxsus gerbologik ekspertiza bilan tasdiqlandi. Rosselxoznadzor zararlangan uzumlarni Rossiyada sotish va muomalaga chiqarishni taqiqladi. Yuk egasi mahsulotni ortga qaytarishi yoki nazorat ostida yo'q qilishi kerak.

O‘zbekistondan Rossiyaning Samara shahriga yetkazilgan 20,1 tonna uzum partiyasi karantin fitosanitar tekshiruvidan o‘tkazildi. Nazorat jarayonida uzum orasida povilika deb ataluvchi xavfli begona o‘t borligi ma’lum bo‘ldi.

Topilma "VNIIZJ" muassasasining Samaradagi filialida o‘tkazilgan maxsus gerbologik ekspertiza natijasi bilan tasdiqlangan.

Povilika parazit begona o‘t bo‘lib, yon-atrofidagi o‘simliklarga chirmashadi va ularning rivojlanishiga jiddiy zarar yetkazadi. Uning urug‘i tuproqqa tushsa, bir necha kvadrat metr maydonga tarqalishi mumkin. Shu sabab bu o‘simlik karantin obyekti sifatida nazorat qilinadi.

Rosselxoznadzor zararlangan uzumlarni Rossiya hududida sotish va muomalaga chiqarishni taqiqladi. Yuk egasi mahsulotni ortga qaytarishi yoki nazorat ostida yo‘q qilishi kerak bo‘ladi.

Zamin.uz saytini Google'ga qo'shing"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Zamin AI bilan muhokama qilingYangilikni tahlil qiling, foydali maslahatlar oling

Izohlar 0

Mavzuga oid yangiliklar