19:53 / 25.05.2018
4 240

27-28 may kunlari O‘zbekistonning tog‘ va tog‘oldi hududlarida sel kelishi mumkin

27-28 may kunlari O‘zbekistonning tog‘ va tog‘oldi hududlarida sel kelishi mumkin
O‘zbekiston FVV Favqulodda vaziyatlarda boshqaruv Markazi sel kelishi xavfi haqida ogohlantirdi, deydi Darakchi nashri.

"2018 yilning 27-28 may kunlari O‘zbekiston Respublikasining tog‘ va tog‘oldi hududlarida kel kelishi xavfi mavjud. Ushbu hududlarda ob-havo o‘zgaruvchan, ayrim joylarda yog‘ingarchilik kutiladi, momoqaldiroq bo‘lishi mumkin. Shamol sharqdan g‘arbiy yo‘nalishga o‘zgarib 7-12 m/s (25-43 km/soat), 28 may kuni shamol tezligi 22 m/s (79 km/soat) gacha kuchayishi, joylarda 25-30 m/s (90-108 km/soat) gacha kuchayishi kutiladi", - deyiladi xabarda.

Tog‘ va tog‘oldi hududlarida yashovchi aholidan ehtiyot choralarini ko‘rish so‘ralgan hamda avariya va boshqa noxush holatlar vujudga kelganda, FVVning (+99871) 147-10-50 "Tezkor raqam”iga murojaat etish iltimos qilingan.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » 27-28 may kunlari O‘zbekistonning tog‘ va tog‘oldi hududlarida sel kelishi mumkin