O‘zgidromet shoshilinch ogohlantirish berdi

O‘zgidromet shoshilinch ogohlantirish berdi
QisqachaAI yordamida tayyorlanganKo‘rsatish
  • O‘zgidromet 6–7 va 9–11 noyabr kunlari kutilayotgan yog‘ingarchiliklar sababli respublikaning 9 ta viloyatidagi tog‘oldi va tog‘li hududlarda sel hamda suv toshqinlari yuzaga kelishi mumkinligidan ogohlantirdi.
  • Xavfli hududlar qatoriga Qashqadaryo, Surxondaryo, Samarqand, Navoiy, Jizzax, Toshkent, Namangan, Farg‘ona va Andijon viloyatlarining qator tuman hamda shaharlari kiritilgan.

Joriy yilning 6–7 va 9–11 noyabr kunlari kutilayotgan yomg‘irlar sababli O‘zbekistonning bir qator tog‘oldi va tog‘li hududlarida sel kelish hamda suv toshqinlari yuzaga kelishi ehtimoli mavjud. Bu haqda O‘zgidromet maxsus ogohlantirish bilan chiqdi.

Ma’lum qilinishicha, yog‘ingarchiliklar natijasida tog‘li hududlarda sel-suv toshqin hodisalari kuzatilishi mumkin bo‘lgan hududlar ro‘yxatiga 9 ta viloyatning bir qator tuman va shaharlari kiritilgan.

Jumladan:

  • Qashqadaryo viloyati: Yakkabog‘, Dehqonobod, Chiroqchi, Kitob, Shahrisabz, Qamashi va G‘uzor tumanlarida;

  • Surxondaryo viloyati: Sariosiyo, Uzun, Oltinsoy, Denov, Boysun, Sherobod, Sho‘rchi, Qumqo‘rg‘on va Muzrobod tumanlarida;

  • Samarqand viloyati: Urgut, Samarqand, Bulung‘ur, Nurobod, Qo‘shrabot, Kattaqo‘rg‘on, Payariq, Jomboy va Ishtixon tumanlarida;

  • Navoiy viloyati: Xatirchi, Navbahor, Nurota, Konimex va Karmana tumanlarida;

  • Jizzax viloyati: Zomin, Baxmal, G‘allaorol, Sharof Rashidov, Forish va Yangiobod tumanlarida;

  • Toshkent viloyati: Ohangaron, Bo‘stonliq, Parkent, Piskent, O‘rtachirchiq va Yuqorichirchiq tumanlarida, shuningdek, Angren hamda Olmaliq shaharlarida;

  • Namangan viloyati: Pop, Kosonsoy, Chortoq, Chust, Namangan va Yangiqo‘rg‘on tumanlarida;

  • Farg‘ona viloyati: So‘x, Shohimardon, Farg‘ona va Beshariq tumanlarida;

  • Andijon viloyati: Andijon, Asaka, Jalaquduq, Qo‘rg‘ontepa, Paxtaobod, Izboskan, Xo‘jaobod va Marhamat tumanlarida, shuningdek, Xonabod shahrida sel-suv toshqinlari yuzaga kelishi mumkin.

Shu munosabat bilan tog‘oldi va tog‘li hududlarda yashovchi aholi, ushbu joylarda dam olayotgan fuqarolar hamda tog‘li yo‘llar orqali harakatlanayotgan haydovchilardan ehtiyotkorlik choralarini ko‘rish so‘raldi.

Shuningdek, respublika hududlarining ayrim joylarida yomg‘ir suvlari to‘planishi ehtimoli ham bor. Bu esa pastqam hududlar va aholi yashash joylarini suv bosishiga sabab bo‘lishi mumkin.

Fuqarolardan ob-havo sharoitini inobatga olish, ehtimoliy xavfli hududlarda ehtiyot bo‘lish va zarur xavfsizlik choralariga amal qilish so‘raladi.

Izohlar 0

…

Mavzuga oid yangiliklar