O‘zgidromet 8 ta viloyatda sel kelishi xavfi haqida ogohlantirdi

13 noyabr kuni kutilayotgan yomg‘irlar sababli O‘zbekistonning bir qator hududlarida sel kelishi va suv toshqinlari yuzaga kelishi mumkin. Bu haqda O‘zgidromet tezkor ogohlantirish e’lon qildi.
Xabarga ko‘ra, xavf respublikaning tog‘oldi va tog‘li hududlarida kuzatilishi kutilmoqda. Jumladan:
Qashqadaryo viloyati: Yakkabog‘, Dehqonobod, Chiroqchi, Kitob, Shahrisabz, Qamashi va G‘uzor tumanlari;
Surxondaryo viloyati: Sariosiyo, Uzun, Oltinsoy, Denov, Boysun, Sherobod, Sho‘rchi, Qumqo‘rg‘on va Muzrabot tumanlari;
Samarqand viloyati: Urgut, Samarqand, Bulung‘ur, Nurobod, Qo‘shrabot, Kattaqo‘rg‘on, Payariq, Jomboy va Ishtixon tumanlari;
Jizzax viloyati: Zomin, Baxmal, G‘allaorol, Sharof Rashidov, Forish va Yangiobod tumanlari;
Toshkent viloyati: Ohangaron, Bo‘stonliq, Parkent, Piskent, O‘rta Chirchiq va Yuqori Chirchiq tumanlari, shuningdek, Angren va Olmaliq shaharlari;
Namangan viloyati: Pop, Kosonsoy, Chortoq, Chust, Namangan va Yangiqo‘rg‘on tumanlari;
Farg‘ona viloyati: So‘x, Shohimardon, Farg‘ona va Beshariq tumanlari;
Andijon viloyati: Andijon, Asaka, Jalaquduq, Qo‘rg‘ontepa, Paxtaobod, Izboskan, Xo‘jaobod va Marhamat tumanlari, shuningdek, Xonobod shahri.
Shu munosabat bilan tog‘oldi va tog‘li hududlarda yashovchi fuqarolar, dam oluvchilar hamda ushbu yo‘nalishlarda harakatlanadigan haydovchilardan ehtiyot choralariga rioya qilish so‘ralgan.
Bundan tashqari, respublikaning ayrim hududlarida yomg‘ir suvlari to‘planib, suv bosishi holatlari yuzaga kelishi mumkin.
Obuna bilan reklama bo'lmaydi
Zamin Premium — oyiga 4 900 so'm
Mavzuga oid yangiliklar































Izohlar0
…