1 964
O‘zbekiston va Qozog‘iston prezidentlari oliy darajadagi tadbirlar rejasini muhokama qildilar
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev 30 dekabr kuni Qozog‘iston Respublikasi Prezidenti Qasim-Jomart Toqayev bilan telefon orqali muloqot qildi. Bu haqda prezident matbuot xizmati xabar berdi.
Suhbat avvalida O‘zbekiston va Qozog‘iston Prezidentlari bir-birlarini va ikki mamlakatning qardosh xalqlarini kirib kelayotgan yangi 2021 yil bilan samimiy tabrikladilar, tinchlik, farovonlik va ravnaq tiladilar.
O‘tayotgan yilning barcha xatar va qiyinchiliklariga qaramay, O‘zbekiston va Qozog‘iston o‘rtasidagi ko‘p asrlik do‘stlik rishtalari, yaxshi qo‘shnichilik va strategik sheriklik munosabatlarining izchil rivojlanishi ta’minlanganligi alohida ta’kidlandi.
Davlat rahbarlari ikki tomonlama hamkorlikni, shu jumladan, savdo portfelini yanada kengaytirish, investitsiya loyihalari, sanoat, qishloq xo‘jaligi, transport va energetika sohalarida aloqalarni chuqurlashtirish lozimligini qayd etdilar. Hududlar o‘rtasidagi yaqin hamkorlikni davom ettirish, madaniy-gumanitar almashinuvning keng dasturini amalga oshirishga katta e’tibor qaratildi.
Prezidentlar, shuningdek, mintaqaviy hamkorlik istiqbollari yuzasidan fikr almashib, bo‘lajak oliy darajadagi tadbirlar rejasini muhokama qildilar.
Davlatimiz rahbari Qozog‘iston Prezidentiga 2021 yilda Yevroosiyo iqtisodiy ittifoqiga muvaffaqiyatli raislik qilishini tiladi. “Zamin” yangiliklarini “Twitter”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Zelenskiyga ukrainaliklar haqida kutilmagan yangilik aytildi
Ramzan Qodirovning 19 yoshli qizi medal bilan taqdirlandi
Akademik Qodir G‘ulomov Qo‘shrabotda bo‘ldi
HAMAS yetakchisi: Isroil Rafahga kirsa, Falastin xalqi oq bayroqni ko‘tarmaydi
Futzal. Osiyo Kubogi. Tojikiston Yaponiyani guruhda qoldirdi
Germaniyaning Knauf kompaniyasi Rossiyadan butunlay chiqib ketishini tasdiqladi
Olimlar o‘quvchilarning familiyasidagi bosh harf ularning bahosiga ta’sir qilishini aniqladi
Zohida Umarova nima sababdan o‘g‘li va kelini bilan birga yashamasligini aytdi