Toshkentda Xalqaro yoga kuniga bag‘ishlangan festival o‘tkaziladi

Toshkent shahridagi Central Park bog'ida 21 iyun kuni Xalqaro yoga kuniga bag'ishlangan yirik festival bo'lib o'tadi. Turli yoshdagilar uchun mo'ljallangan tadbirda boshlovchilar ham, tajribali qatnashchilar ham qatnasha oladi. Dasturdan maxsus mehmon Anna Vesna ishtirokidagi xatha-yoga, ochiq havoda meditatsiya, mahorat darslari va yarmarka o'rin olgan. Festivalda qatnashish bepul bo'lib, buning uchun oldindan ro'yxatdan o'tish talab etiladi.
21 iyun kuni Toshkent shahridagi Central Park bog‘ida Xalqaro yoga kuniga bag‘ishlangan yirik festival bo‘lib o‘tadi.
Tadbir turli yoshdagi ishtirokchilar uchun mo‘ljallangan bo‘lib, unda yoga bilan yangi shug‘ullanuvchilar ham, tajribali qatnashchilar ham ishtirok etishi mumkin.
Festival dasturidan maxsus mehmon — o‘qituvchi va faylasuf Anna Vesna ishtirokida an’anaviy xatha-yoga mashg‘uloti o‘rin olgan.
Shuningdek, ishtirokchilar uchun umumiy yoga-protokoli mashg‘ulotlari, ochiq havoda meditatsiya va bolalar uchun maxsus yoga dasturlari tashkil etiladi.
Tadbir doirasida turli mavzularga bag‘ishlangan mahorat darslari hamda yarmarka o‘tkazilishi rejalashtirilgan.
Tashkilotchilarning ma’lum qilishicha, festivalda qatnashish bepul.
Tadbirga tashrif buyurish uchun oldindan ro‘yxatdan o‘tish talab etiladi.































Izohlar 0
…