MIB: Qizaloq onasi bag‘riga qaytarildi

MIB: Qizaloq onasi bag‘riga qaytarildi
Qisqacha

Majburiy ijro byurosining Sayxunobod tuman bo'limi xodimlari tomonidan 6 yoshli qizaloq onasi R.L.ning qaramog'iga qaytarilishini ta'minlovchi sud qarori ijrosi muvaffaqiyatli yakunlandi. Fuqarolik ishlari bo'yicha Sirdaryo tumanlararo sudining 2026 yil 8 may kungi ijro varaqasiga asosan voyaga yetmagan farzandni javobgar I.A.dan onasiga olib berish belgilangan edi.

Majburiy ijro byurosining Sayxunobod tuman bo‘limi tomonidan sud qarorlari ijrosi doirasida yana bir muhim ijro harakati muvaffaqiyatli yakunlandi.

 Xususan, fuqarolik ishlari bo‘yicha Sirdaryo tumanlararo sudining 08.05.2026 yildagi ijro varaqasiga asosan 6 yoshli qizaloq javobgar I.A.dan onasi R.L.ning qaramog‘iga olib berish belgilangan edi.

Mazkur ish yuzasidan davlat ijrochisi tomonidan tegishli tartibda tushuntirish ishlari olib borilib, taraflar bilan bir necha bor muloqot qilingan. Shunga qaramasdan, sud qarori ixtiyoriy ravishda bajarilmagani sababli majburiy ijro harakatlarini amalga oshirishga to‘g‘ri keldi.

 Ijro harakatlari davomida bolaning ruhiy holatiga salbiy ta’sir ko‘rsatmaslik, uning xavfsizligi va qonuniy manfaatlarini ta’minlash maqsadida mutasaddi idoralar vakillari ishtirok etdi.

 Amalga oshirilgan ijro harakatlari natijasida sud qarori ijrosi ta’minlanib, farzand onasiga topshirildi.

Zamin.uz saytini Google'ga qo'shing"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Zamin AI bilan muhokama qilingYangilikni tahlil qiling, foydali maslahatlar oling

Izohlar 0

Mavzuga oid yangiliklar