Abbosbek Fayzullayev O‘zbekistonning tarixiy goliga muallif bo‘ldi (Video)

O‘zbekiston milliy terma jamoasi FIFA Jahon chempionati guruh bosqichidagi ilk uchrashuvini Kolumbiyaga qarshi o‘tkazdi.
Bahsning 60-daqiqasida Abbosbek Fayzullayev raqib darvozasini ishg‘ol qilib, O‘zbekiston terma jamoasining Jahon chempionatlari tarixidagi ilk goliga mualliflik qildi.
Ushbu gol mamlakat futboli tarixida muhim voqea sifatida qayd etildi.
Uchrashuvda dastlab Kolumbiya futbolchilari Daniel Munos va Luis Diasning gollari evaziga hisobda oldinga chiqdi.
Fayzullayevning aniq zarbasidan keyin hisob qisqargan bo‘lsa-da, o‘yinning qo‘shimcha daqiqalarida Jamington Kampas yana bir gol urdi.
Natijada O‘zbekiston terma jamoasi Jahon chempionati guruh bosqichidagi birinchi o‘yinida Kolumbiyaga 1:3 hisobida mag‘lub bo‘ldi.
Abbosbek Fayzullayevning tarixiy golini quyidagi videoda tomosha qilish mumkin.































Izohlar 0
…