Qarzga e’tiborsizlik sababli, uy auksion savdosiga chiqarildi

Majburiy ijro byurosining Toshkent shahar boshqarmasi Alohida muhim ijro ishlarini ijro etish sho‘basi ish yurituviga Fuqarolik ishlari bo‘yicha Chirchiq tumanlararo sudining ijro hujjati kelib tushgan.
Ijro hujjatiga asosan qarzdor I.R.D.dan undiruvchi bank foydasiga 627 395,3 ming so‘m qarzdorlik undirish hamda undiruvni garovga qo‘yilgan ko‘p qavatli uydagi xonadonga qaratish belgilangan.
Qonun talablariga muvofiq, qarzdorga qarzni ixtiyoriy ravishda qoplash uchun muddat berilgan. Biroq belgilangan muddatda qarzdorlik bartaraf etilmagani sababli majburiy ijro harakatlari amalga oshirildi.
Garov mulki sifatida qayd etilgan ko‘p qavatdagi xonadon, belgilangan tartibda auksion savdosiga chiqarilib, sotilgan va sotuvdan tushgan pul mablag‘laridan 409 976 ,5 ming so‘m miqdoridagi qarz undirilib, mablag‘ undiruvchi foydasiga o‘tkazildi.






























Izohlar 0
…