Qumdan boyish ilinji 131 million so‘mlik jarima bilan yakunlandi

Qumdan boyish ilinji 131 million so‘mlik jarima bilan yakunlandi

Majburiy ijro byurosining Farg‘ona tumani bo‘limi ish yurituviga kelib tushgan ijro hujjatiga asosan olib borilgan ijro harakatlari davomida “M.B.” fermer xo‘jaligi rahbari tomonidan qator qonunbuzilishlarga yo‘l qo‘yilgani aniqlandi.

Xususan, 2022-2025 yillarda soliq to‘lovlarini yashirish, savdo va xizmat ko‘rsatish qoidalarini buzish bilan bir qatorda, xo‘jalikka qarashli hududda joylashgan qum-shag‘al aralashmasi konidan 11 ming kub metrdan ortiq "noruda" materiallarini tegishli ruxsatnomasiz, noqonuniy ravishda qazib olish holatlari ham fosh etilgan.

Mazkur qonunbuzilishlar yuzasidan sud tomonidan tayinlangan jazoga asosan, Majburiy ijro byurosi Farg‘ona tumani bo‘limi davlat ijrochilari tomonidan olib borilgan majburiy ijro harakatlari natijasida 131 million so‘mlik jinoiy jarima mablag‘i to‘liq undirildi.

Bu bilan tabiiy boyliklarni noqonuniy o‘zlashtirish va davlat manfaatlariga zarar yetkazishga qaratilgan harakatlar muqarrar javobgarlikka sabab bo‘lishi yana bir bor o‘z isbotini topdi.

Zamin.uz saytini Google'ga qo'shing"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Shuhrat Razzakov
«ZAMIN.UZ» muharriri

Izohlar 0

Mavzuga oid yangiliklar