“Ertangi sana” bilan sotilgan sut haqidagi video tarmoqlarda jamoatchilikni e’tiborini tortmoqda! (video)

Qashqadaryo viloyati Qarshi shahridagi do‘konlardan birida 15 iyun kuni xarid qilingan sut mahsulotining ishlab chiqarilgan sanasi 16 iyun deb ko‘rsatilgani ijtimoiy tarmoqlarda muhokamalarga sabab bo‘ldi. Videoni e'lon qilgan qizning so‘zlariga ko‘ra, “yangi” deb ko‘rsatilgan bu mahsulot tezda buzilib, achib qolgan. Biroq tarmoqlarda tarqalgan lavhada sutning o‘zi, qadog‘i yoki sanasi aniq ko‘rsatilmagani sababli turli fikrlar bildirilyapti.
Qashqadaryo viloyati Qarshi shahridagi do‘konlardan birida sut mahsuloti bilan bog‘liq holat ijtimoiy tarmoqlarda muhokamaga sabab bo‘ldi.
Videoda qiz 15 iyun kuni xarid qilgan sutida ishlab chiqarilgan sana 16 iyun deb ko‘rsatilganini aytgan. Uning so‘zlariga ko‘ra, “yangi” deb ko‘rsatilgan mahsulot tezda buzilib, achib qolgan.
Biroq videoda mazkur sutning o‘zi, qadog‘i yoki sanasi aniq ko‘rsatilmagan. Shu sabab holat yuzasidan turli fikrlar bildirilmoqda.
Ayrim foydalanuvchilar buni ehtimoliy qoidabuzarlik sifatida baholayotgan bo‘lsa, boshqalar videoni hazil yoki kontent uchun tayyorlangan lavha deb hisoblamoqda.































Izohlar 0
…