“ONA” va “OTA” nomli noodatiy raqamli avtomobillar internetda olqishlarga sazovor bo‘ldi (video)

Ijtimoiy tarmoqlarda davlat raqamlari oldida “ONA” va “OTA” yozuvlari aks etgan ikki yengil yuk tashishga mo'ljallangan avtomobil foydalanuvchilar e'tiborini tortdi. Kadrlardagi mazkur noodatiy holat internet foydalanuvchilari orasida keng muhokama qilinib, ko'plab olqishlarga sazovor bo'ldi. Odamlar izohlarda bu g'oyani ota-onaga bo'lgan hurmat hamda muhabbatning chiroyli ramzi sifatida baholashdi.
Ijtimoiy tarmoqlarda tarqalgan ikki avtomobil aks etgan surat va videolar foydalanuvchilar e’tiborini tortmoqda.
Kadrlarda yengil yuk tashishga mo‘ljallangan ikki avtomobilning davlat raqamlari oldida “ONA” va “OTA” yozuvlari aks etganini ko‘rish mumkin. Aynan shu jihat ko‘plab insonlarning iliq munosabatiga sabab bo‘ldi.
Foydalanuvchilar izohlarda ushbu g‘oyani ota-onaga bo‘lgan hurmat va muhabbatning chiroyli ramzi sifatida baholashmoqda.
“Farzand uchun eng ulug‘ insonlar — ota va ona”, “Mana shunday ehtirom hammaga nasib qilsin”, “Ota-onaga bo‘lgan muhabbat aks etibdi”, kabi fikrlar ko‘plab izohlarda uchramoqda.































Izohlar 0
…