Qozog‘istonda otaning qizini labidan o‘payotgani aks etgan lavhalar bahs-munozaralarga sabab bo‘ldi

1 daqiqa o'qish0
Qozog‘istonda otaning qizini labidan o‘payotgani aks etgan lavhalar bahs-munozaralarga sabab bo‘ldi

Qozog‘istonning Sharqiy Qozog‘iston viloyatida erkakning 12 yoshga to‘lgan qizini tug‘ilgan kunida labidan o‘payotgani aks etgan video ijtimoiy tarmoqlarda keng muhokamalarga sabab bo‘ldi. Ayrim foydalanuvchilar otaning xatti-harakatini keskin tanqid qilib, holat yuzasidan tekshiruv o‘tkazishni talab qildi.

Ota esa tanqidlarga javoban voqeaga oydinlik kiritdi. Uning so‘zlariga ko‘ra, qizining 12 yoshga to‘lgani uni hayajonga solgan va u farzandining bolalik davrini eslab, mehr ko‘rsatgan. Erkak qizini labidan o‘pmaganini, balki yonoqlari va burnidan o‘pganini, videoda esa tasvir noto‘g‘ri rakursdan olinganini ta’kidlagan.

Ota-ona bildirilgan tanqidlarga javoban o‘zlarini oqlashga majbur emasliklarini aytgan. Shuningdek, oila advokat bilan maslahatlashib, surat va videolarini roziligisiz tarqatgan shaxslar ustidan sudga murojaat qilish niyatida ekanini bildirgan.

Bundan tashqari, ota-ona haqoratli va yolg‘on izohlar yozgan ikki foydalanuvchi ustidan ham ariza berganini ma’lum qilgan.

Ayni paytda politsiya holat yuzasidan tekshiruv olib bormoqda.

Maqola sizga yoqdimi?

Obuna bilan reklama bo'lmaydi

Zamin Premium — oyiga 4 900 so'm

Izohlar0

…

  1. Futbol akademiyalari uchun Skaut: to‘lov, davomat va ota-ona bilan aloqa endi bitta tizimda
  2. Toshkentdan Amerikaga: Nurmuxammad Ismoilov Akinda orqali halol investitsiyani global miqyosga olib chiqmoqda
  3. Avtoservisingizni raqamlashtiring: Bip Business bilan mijozlarni yo‘qotmang
  4. Mashina oynasiga raqam yozish xavflimi? Bip haydovchilar uchun yangi yechim topdi!
  5. 8 ta keng tarqalgan moliyaviy xato: nimalardan saqlanish kerak?
  6. Playmatch: maydon egalari ishini ancha yengillashtiradi
  7. Playmatch: futbol o‘ynash uchun kerakli barcha xizmatlar bitta ilovada
  8. Kundalik xarajatlar uchun kartani qanday tanlash mumkin?
  9. Eldor Shomurodov futbol akademiyasi va TBC Bank: bolalik orzularidan katta futbolgacha
  10. ANORBANK Boʻstonliqdagi 168-son maktab-internat tarbiyalanuvchilarini tabrikladi
  11. Haydovchilar va tashuvchilar uchun OSGOP sug‘urtasining afzalliklari...
  12. Pure Milky’dan navbatdagi kreativ: Har qadam — aziz insonlarga mehr bilan!
  13. Kredit olish imkoniyatini oshirish uchun qayerda ishlash kerak?
  14. Biznes imkoniyatingizni kengaytiring
  15. Fanning rivojlanishiga barchamiz mas’ulmiz!
  16. XIV Toshkent xalqaro kinofestivali qanday o‘tkazilmoqda?