«Panoh» filmi yulduzlari hozir qanday ko‘rinishda? (foto)

QisqachaAI yordamida tayyorlanganKo‘rsatish
- Rejissyor Rustam Sa'diyev tomonidan 2007 yilda suratga olingan «Panoh» filmi oradan 19 yil o'tgan bo'lsa-da, o'zining qahramonlari va voqealar rivoji bilan tomoshabinlar xotirasida saqlanib qolgan.
- Filmda Ulug'bek Qodirov va Farrux Soipov boy insonning qizlarini qo'riqlovchi tan soqchilar rolini, Gulchehra Eshonqulova hamda Muborak Ashurboyeva esa qizlar obrazini gavdalantirgan.
2007 yilda premera qilingan «Panoh» filmi rejissyor Rustam Sa’diyev tomonidan suratga olingan. Oradan qariyb 19 yil o‘tgan bo‘lsa-da, ushbu kinolenta va undagi qahramonlar tomoshabinlar yodida saqlanib qolgan.
Film voqealari armiyadan qaytgan Elyor va qamoqdan chiqqan Sanjar atrofida kechadi. Ular boy insonning qizlariga tan soqchisi bo‘lib ishga kiradi. Elyor obrazini O‘zbekistondagi mashhur aktyorlardan biri Ulug‘bek Qodirov, Sanjar rolini esa hozirda kino sohasida faoliyat yuritmayotgan Farrux Soipov gavdalantirgan. «Panoh» ushbu ikki aktyor birgalikda suratga tushgan ilk filmlardan biri hisoblanadi.
Qahramonlar qo‘riqlashi kerak bo‘lgan qizlar obrazini ham tomoshabinlarga yaxshi tanish aktrisalar ijro etgan. Dilnoza rolini Gulchehra Eshonqulova, Gulnoza obrazini esa Muborak Ashurboyeva o‘ynagan. Har ikki aktrisa ham bugungi kunda kino sohasida avvalgidek faol emas.
Filmda Farrux Soipov va Gulchehra Eshonqulova ijro etgan qahramonlar o‘rtasidagi munosabatlar sokin va samimiy kechsa, Ulug‘bek Qodirov hamda Muborak Ashurboyeva qahramonlari o‘rtasidagi munosabatlar shiddatli muloqotlar va xarakterlar to‘qnashuvi bilan yodda qolgan. Aynan shu qarama-qarshilik filmga o‘ziga xos joziba bag‘ishlagan.
«Panoh»ning e’tiborga molik jihatlaridan yana biri — uning davomiyligi. Filmning xronometraji 2 soat 42 daqiqani tashkil etadi. Shunga qaramay, tomoshabinlar ikki juftlik o‘rtasidagi munosabatlar, qahramonlarning xarakteri va voqealar rivojini qiziqish bilan kuzatadi.
Oradan qariyb 19 yil o‘tib, filmdagi aktyorlarning bugungi ko‘rinishi ham muxlislarda qiziqish uyg‘otmoqda. Xo‘sh, «Panoh» qahramonlarini bugungi kunda taniy olasizmi?
Farrux Soipov

Gulchehra Eshonqulova

Ulug‘bek Qodirov

Muborak Ashurboyeva

Javohir Zokirov

Shahlo Xojiyeva

Umid Shodmonov

Tojivoy Shukurov































Izohlar 0
…