Namanganda 108 million so‘mlik oltin mayiz va yong‘oq orasidan topildi

Namangan xalqaro aeroportida Hindistonga uchib ketmoqchi bo‘lgan yo‘lovchining yuklari tekshirilganda, qiymati 108,5 million so‘mlik oltin va zargarlik buyumlari aniqlandi. Qimmatbaho buyumlar mayiz va yong‘oq aralashmasi solingan paket ichiga yashirilgan bo‘lgan. Bu haqda Bojxona qo‘mitasi xabar berdi.
Ma’lum qilinishicha, “Namangan aeroporti” chegara bojxona posti xodimlari DXX Aviatsiya xavfsizligini ta’minlash xizmati hamda Chegara qo‘shinlari harbiy xizmatchilari bilan hamkorlikda “Namangan–Dehli” yo‘nalishidagi reys yo‘lovchisining yuklarini tekshirgan.
Tekshiruv vaqtida mayiz va yong‘oq aralashmasi solingan paket xodimlar e’tiborini tortgan. Paket sinchiklab ko‘zdan kechirilganda, uning ichidan qo‘lbola usulda tayyorlangan to‘rtta oltin quymasi va turli zargarlik buyumlari topilgan.
Aniqlanishicha, qimmatbaho buyumlarning umumiy og‘irligi 90,45 grammni, qiymati esa 108 million 540 ming so‘mni tashkil etgan.
Hozirda mazkur holat yuzasidan tegishli tekshiruv harakatlari olib borilmoqda.
Obuna bilan reklama bo'lmaydi
Zamin Premium — oyiga 4 900 so'm
Mavzuga oid yangiliklar

































Izohlar0
…