Shahzodaning kelini bilan Germaniyadagi sayohati muxlislar e’tiborida!

Xonanda Shahzoda kelini bilan Germaniyaning Myunxen shahrida sayohat qilmoqda. San’atkor ijtimoiy tarmoqlardagi sahifasida safar davomida kelini bilan tushgan suratlarini muxlislari bilan bo‘lishdi.
Shahzoda Germaniyaning go‘zal manzaralari va shahardagi diqqatga sazovor binolarni ham suratga olib, kuzatuvchilariga namoyish etdi. Xonanda e’lon qilgan suratlariga “Yoqimli oktyabr” deya izoh qoldirdi.

Ushbu post muxlislar e’tiborini tortdi. Izohlarda kuzatuvchilar Shahzoda va uning keliniga maroqli sayohat tilab, iliq fikrlarini yozib qoldirishmoqda.































Izohlar 0
…