Tojibar Azizova: "Shahzodadan ham, uning kelinidan ham buni kutmagandim…" (video)

Tojibar Azizova: "Shahzodadan ham, uning kelinidan ham buni kutmagandim…" (video)
Qisqacha

O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan artist Tojibar Azizova “Omon-Omon” ko‘rsatuvida xonanda Shahzodaning o‘g‘li Salihning nikoh to‘yi haqidagi taassurotlari bilan o‘rtoqlashdi. Aktrisaning ta’kidlashicha, to‘yda Shahzoda o‘zbekona, yopiq va juda nafis libosda ko‘rinib, haqiqiy qaynona darajasida did bilan kiyingan. Shuningdek, u kelinni tarbiyali, odobli va juda yaxshi qiz deb ta’riflab, Shahzoda kelin tanlashda adashmaganini aytdi.

O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan artist Tojibar Azizova “Omon-Omon” ko‘rsatuvida xonanda Shahzodaning o‘g‘li — Salihning nikoh to‘yi haqidagi taassurotlari bilan o‘rtoqlashdi.

Aktrisaning aytishicha, to‘yda Shahzoda o‘zi ham kelindek ko‘ringan va kelini bilan xuddi dugonadek uyg‘un obrazda namoyon bo‘lgan. “Men o‘ylagandimki, Shahzoda to‘yda boshqacha, dabdabali kiyimda chiqsa kerak. Ammo aksincha, u o‘zbekona, yopiq va juda nafis libosda ko‘rindi. Shu jihati menga juda yoqdi — u haqiqiy qaynona darajasida, did bilan kiyingan edi”, — deya ta’kidladi Tojibar Azizova.

Shuningdek, u kelin haqida ham iliq fikrlar bildirib, uni tarbiyali, odobli va juda yaxshi qiz sifatida ta’rifladi. “O‘g‘illari ham juda yaxshi yigit. Salihni yoshligidan bilaman — tarbiyali va samimiy bola. Shahzoda kelin tanlashda adashmagan”, — dedi aktrisa.

Tojibar Azizova to‘yga aziz mehmon sifatida taklif etilgan bo‘lib, marosimda “Kelin salom” udumini ham olib borgan. Uning aytishicha, qudalar ham juda madaniyatli, salobatli va ziyoli insonlar bo‘lib, bu oila haqiqiy o‘zbekona qadriyatlarni namoyon etgan.

Mazkur to‘y ijtimoiy tarmoqlarda ham katta qiziqish uyg‘otib, ko‘plab muxlislar tomonidan iliq fikrlar bilan kutib olindi.

Zamin.uz saytini Google'ga qo'shing"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Zamin AI bilan muhokama qilingYangilikni tahlil qiling, foydali maslahatlar oling

Izohlar 0

Mavzuga oid yangiliklar