Ajrashgan juftlik o‘rtasida munosabatlar tiklandimi? Ben Afflek va Jennifer Lopes yana birga ko‘rinish berdi

Ajrashgan juftlik o‘rtasida munosabatlar tiklandimi? Ben Afflek va Jennifer Lopes yana birga ko‘rinish berdi
Qisqacha

Ben Afflek va Jennifer Lopes ajrashish jarayoni 2025 yil boshida yakunlanganiga qaramay, so‘nggi vaqtlarda bir necha bor birga ko‘rinish berdi. Ular “O‘rgimchak ayolning bo‘sasi” filmi premyerasida, Venetsiyadagi qizil yo‘lakda, Montanadagi chang‘i maskanida va Beverli-Hillzdagi oilaviy tushlikda birga bo‘lgan. Tarqalgan ma’lumotlarga ko‘ra, sobiq juftlik tushlik paytida qo‘l ushlashib, bir-biriga yaqin munosabatda bo‘lgan.

Ben Afflek va Jennifer Lopesning munosabatlari yana jamoatchilik diqqatini tortdi. Ularning ajrashish jarayoni 2025 yil boshida yakunlangan bo‘lsa-da, sobiq juftlik so‘nggi vaqtlarda bir necha bor birga ko‘rinish bergani aytilmoqda.

Juftlikka yaqin manbaning bildirishicha, Lopes Afflek bilan qayta muloqot o‘rnatganidan mamnun. Ular "O‘rgimchak ayolning bo‘sasi" filmi premerasida, Venetsiyadagi qizil yo‘lakda va Montanadagi chang‘i maskanida birga ko‘rilgan.

Eng ko‘p muhokamaga sabab bo‘lgan holat Beverli-Hillzdagi oilaviy tushlik vaqtida yuz bergan. Tarqalgan ma’lumotlarga ko‘ra, ular qo‘l ushlashib, bir-biriga yaqin munosabatda bo‘lgan.

Afflek Lopes ishtirok etgan filmni tayyorlash jarayonida ham ko‘maklashgan. Shuningdek, xonanda onasidan ayrilgan og‘ir kunlarda u bilan birga bo‘lgani aytilmoqda.

Hozircha ularning yana munosabat boshlagani rasman tasdiqlanmagan. Bu yaqin do‘stlikmi yoki yarashuvmi, juftlikning o‘zi izoh berganicha yo‘q.

Zamin.uz saytini Google'ga qo'shing"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Zamin AI bilan muhokama qilingYangilikni tahlil qiling, foydali maslahatlar oling

Izohlar 0

Mavzuga oid yangiliklar