Abbosbek Fayzullayevning to‘yidan ilk lavhalar tarqaldi (video)

Bugun, 10 iyul kuni O‘zbekiston milliy terma jamoasi futbolchisi Abbosbek Fayzullayevning nikoh to‘yi bo‘lib o‘tmoqda. Quvonchli kun aks etgan ilk video va suratlar ijtimoiy tarmoqlarda keng tarqalib, muxlislar e’tiborini tortdi.
Tarqalgan lavhalarda Abbosbek Fayzullayev kuyovlik libosida oila a’zolari davrasida ekani, ota-onasi va yaqinlari bilan esdalik uchun suratga tushayotgani aks etgan. Shuningdek, u kelin uchun maxsus tayyorlangan guldastani ko‘tarib, kuyov-navkar marosimiga hozirlik ko‘rayotganini ham ko‘rish mumkin.
Videolarda futbolchining yaqin do‘stlari va jo‘ralari ham uning yonida bo‘lib, to‘y oldi tayyorgarligida faol ishtirok etayotgani tasvirlangan. Samimiy va ko‘tarinki kayfiyat hukm surgan ushbu lahzalar muxlislar tomonidan iliq kutib olindi.
Izohlarda minglab kuzatuvchilar Abbosbek Fayzullayevni ushbu unutilmas kun bilan tabriklab, yosh oilaga uzoq umr, baxt-saodat, o‘zaro mehr va totuvlik tilab ezgu tilaklarini yo‘llamoqda.
Abbosbek Fayzullayev 2003 yil 3 oktyabr kuni Sirdaryo viloyatining Sayxunobod tumanida tavallud topgan.






























Izohlar 0
…