Yulduz Turdiyeva va afg‘on xonandasi Qais Ulfat dueti yana e’tibor markazida (video)

Yulduz Turdiyeva va afg‘on xonandasi Qais Ulfat dueti yana e’tibor markazida (video)

O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan artist Yulduz Turdiyeva turli xonandalar bilan ijodiy hamkorlik qilgani bilan muxlislarga yaxshi tanish. Bu safar san’atkor o‘zining Instagram sahifasida afg‘on xonandasi Qais Ulfat bilan ijro etgan "Qalb e Shekasta" nomli duetidan qisqa videolavhani e’lon qildi.

Xonanda video ostiga "Qalb e Shekasta" deb yozib qoldirgan. Ma’lum bo‘lishicha, ushbu qo‘shiq allaqachon tinglovchilar e’tiboriga havola etilgan bo‘lib, u 2025 yil 20 dekabr kuni YouTube platformasida e’lon qilingan.

Qo‘shiq ushbu vaqt ichida tinglovchilar mehrini qozonib, bugungi kunga qadar 900 mingdan ortiq marotaba tinglangan. Bu esa duetga bo‘lgan qiziqish hali ham yuqori ekanini ko‘rsatmoqda.

Ijtimoiy tarmoqlardagi izohlarda muxlislar ikki xonandaning ovoz uyg‘unligini alohida e’tirof etib, duet juda ta’sirli chiqqanini yozishgan. Ko‘pchilik ushbu ijodiy hamkorlikni yuqori baholab, Yulduz Turdiyeva va Qais Ulfatga yangi ijodiy muvaffaqiyatlar tilagan.

Zamin.uz saytini Google'ga qo'shing"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Zamin AI bilan muhokama qilingYangilikni tahlil qiling, foydali maslahatlar oling

Izohlar 0

Mavzuga oid yangiliklar