Abbosbek Fayzullayev qaysi viloyatga kuyov bo‘layotgani ma’lum bo‘ldi

Abbosbek Fayzullayev qaysi viloyatga kuyov bo‘layotgani ma’lum bo‘ldi

O‘zbekiston milliy terma jamoasi futbolchisi Abbosbek Fayzullayevning bo‘lajak turmush o‘rtog‘i haqida yangi ma’lumotlar ma’lum bo‘ldi.

Ko‘plab muxlislarni futbolchining tanlagan qizi qaysi viloyatdan ekani qiziqtirayotgan edi. Mavjud ma’lumotlarga ko‘ra, Abbosbek Fayzullayevning bo‘lajak rafiqasi Namangan viloyatining Chust tumanidan.

Shu tariqa, iste’dodli futbolchini endi hazil-mutoyiba bilan Namangan viloyatining kuyovi deb ham atash mumkin.

Mazkur xushxabar futbolchining muxlislari orasida iliq kutib olinmoqda. Ijtimoiy tarmoqlarda ko‘plab foydalanuvchilar yosh juftlikni tabriklab, ularga baxtli va mustahkam oila, o‘zaro mehr-muhabbat hamda farovon hayot tilamoqda.

Biz ham yosh oilaga ezgu tilaklarimizni bildirib, Abbosbek Fayzullayevga nafaqat futbol maydonida, balki oilaviy hayotida ham ulkan yutuqlar, baxt va omad yor bo‘lishini tilaymiz.

Ayni kunlarda futbolchi to‘y taraddudlari bilan band. Ma’lumotlarga ko‘ra, uning nikoh oqshomi 10 iyul kuni Toshkent shahridagi to‘yxonalardan birida bo‘lib o‘tishi rejalashtirilgan. To‘yoldi nahor oshi marosimlari esa Sirdaryo viloyati hamda Toshkent shahrida o‘tkazildi.

Zamin.uz saytini Google'ga qo'shing"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Zamin AI bilan muhokama qilingYangilikni tahlil qiling, foydali maslahatlar oling

Izohlar 0

Mavzuga oid yangiliklar