Zebo Rahimova Umid Eshonqulov bilan o‘rtadagi daromadni qanday taqsimlanishini ochiq aytdi (video)

Zebo Rahimova Umid Eshonqulov bilan o‘rtadagi daromadni qanday taqsimlanishini ochiq aytdi (video)
Qisqacha

Zebo Rahimova Umid Eshonqulov bilan ijod boshlaganidan beri daromadni doimo teng, 50/50 tamoyili asosida taqsimlab kelganini aytdi. Ular pul masalasida shu paytgacha biror marta ham tortishmagan va dastlab daromadlari katta bo'lmasa-da, kelishuvga qat'iy amal qilishgan. Birinchi marta 15 ming dollar topganida, Umid Eshonqulovga Jentra avtomobili olib berishgan. Oradan ikki oy o'tib esa 40 ming dollarlik Kia Sportage xarid qilishgan.

Aktrisa va bloger Zebo RahimovaIntervyu TV” kanaliga bergan suhbatida hamkasbi Umid Eshonqulov bilan ijodiy hamkorligi, daromadni qanday taqsimlashlari va birgalikda erishgan natijalari haqida gapirdi.

Zebo Rahimovaning aytishicha, ular ijodni birga boshlaganidan buyon topilgan daromadni doimo teng — “50/50” tamoyili asosida bo‘lib kelishgan. Aktrisa shu paytgacha pul masalasida Umid Eshonqulov bilan biror marta ham tortishmaganini ta’kidladi.

“Umid aka bilan ijodni boshlaganimizdan beri hamma narsa 50/50 bo‘lgan. Ishonasizmi, shu paytgacha pulni deb bir marta ham talashmaganmiz. Ikkalamizning ham ko‘zimiz to‘q, Xudoga shukur”, — dedi Zebo Rahimova.

Uning so‘zlariga ko‘ra, dastlab topayotgan daromadlari katta bo‘lmagan. Shunga qaramay, ular o‘rtadagi kelishuvga qat’iy amal qilgan va hech kim o‘zini boshqasidan ko‘proq mehnat qilayotganini da’vo qilmagan.

Aktrisa hamkorlikdagi ilk katta xaridlaridan birini ham eslab o‘tdi. Uning aytishicha, ular birinchi bo‘lib 15 ming dollar daromad topganida, bu pulga Umid Eshonqulovga Jentra avtomobilini olishgan. Bunga sabab esa Umid Eshonqulovning haydovchilik guvohnomasi borligi, Zebo Rahimovaning esa o‘sha paytda mashina boshqarish huquqiga ega emasligi bo‘lgan.

“Pul menda yig‘ilardi. Umid aka 'Qancha pul bo‘ldi?' deb so‘rardilar. Men aytardim, ular esa 'Bo‘ldi' derdilar. Keyin mashina olish haqida o‘yladik. Men 'Umid aka, olaylik, sizga bo‘ladi', dedim. Mening esa pravam yo‘q edi”, — deya voqeani esladi aktrisa.

Zebo Rahimovaning ta’kidlashicha, keyinchalik Umid Eshonqulov unga ham yaxshi avtomobil olib berishni istagan. Oradan ikki oy o‘tib, ular 40 ming dollarlik Kia Sportage xarid qilishgan. Aktrisa bu mablag‘ni ham o‘zaro teng taqsimlab, qisqa muddatda yig‘ishga muvaffaq bo‘lganini aytdi.

Uning fikricha, bunday natijaga o‘zaro ishonch, kelishuvga amal qilish orqali erishilgan. Zebo Rahimova Umid Eshonqulov bilan hamkorligini aynan shu jihatlari bilan qadrlashini bildirib o‘tdi.

Zamin.uz saytini Google'ga qo'shing"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Zamin AI bilan muhokama qilingYangilikni tahlil qiling, foydali maslahatlar oling

Izohlar 0

Mavzuga oid yangiliklar