Abbosbek Fayzullayev to‘yidagi onalarga gul berish va kuyov otish an’anasi diqqatni tortdi (video)

Abbosbek Fayzullayev to‘yidagi onalarga gul berish va kuyov otish an’anasi diqqatni tortdi (video)

O‘zbekiston milliy terma jamoasi futbolchisi Abbosbek Fayzullayevning nikoh to‘yidan olingan yangi videolar ijtimoiy tarmoqlarda keng tarqalmoqda. Ayniqsa, to‘y oqshomida aks etgan samimiy va quvnoq lahzalar muxlislar e’tiborini tortdi.

Ma’lum bo‘lishicha, tantanali oqshomda futbolchining yaqinlari, do‘stlari, hamkasblari hamda ko‘plab san’atkorlar jam bo‘lgan.

To‘y davomida bugungi kunda ko‘plab oilalarda chiroyli an’anaga aylangan onalarga gul taqdim etish, kelin salom marosimi ham o‘tkazildi. Tarqalgan videolarda Abbosbek Fayzullayev va uning turmush o‘rtog‘i Nisabonu bir-birining onalariga gul taqdim etib, ularga hurmat va ehtirom bajo keltirgani aks etgan. Ushbu ta’sirli lahzalar mehmonlar tomonidan iliq olqishlar bilan kutib olindi.

Shuningdek, oqshom quvnoq kayfiyatda davom etdi. Kuyov jo‘ralari Abbosbek Fayzullayevni ko‘tarib, bir necha bor havoga otishdi va kuyovni raqsga chorlab, to‘yga yanada ko‘tarinki ruh bag‘ishladi.

Ijtimoiy tarmoqlarda tarqalgan yana bir qancha videolarda taniqli san’atkorlar — Munisa Rizayeva, Tohir Sodiqov, Jasmin va Shoxruhxon to‘y mehmonlariga o‘z ijodiy chiqishlari bilan bayramona kayfiyat ulashgani ham aks etgan.

Muxlislar esa izohlarda yosh oilani samimiy tabriklab, ularga baxtli va mustahkam oila tilashda davom etmoqda.

Zamin.uz saytini Google'ga qo'shing"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Zamin AI bilan muhokama qilingYangilikni tahlil qiling, foydali maslahatlar oling

Izohlar 0

Mavzuga oid yangiliklar