Shohruh Mirzo va Oyshaxon ilk bor farzandli bo‘lishdi

Shohruh Mirzo va Oyshaxon ilk bor farzandli bo‘lishdi

O‘zbekiston xalq artisti Muhammadali Abduqunduzovning katta nabirasi, aktyor Shohruh Mirzo Abduqunduzov va bloger Oyshaxon ilk bor ota-onalik baxtiga muyassar bo‘lishdi.

Quvonchli xabarni Oyshaxon o‘zining ijtimoiy tarmoqdagi sahifasi orqali ma’lum qildi. U chaqaloq bilan tushirilgan videoni e’lon qilib, unga samimiy izoh ham qoldirdi.

"30.06.2026. Xush kelibsiz, bolajonim, bizning sevgi to‘la oilamizga. Robbim sizni yomon ko‘zlardan asrasin. Ma shaa Alloh", — deb yozdi bloger.

Qisqa vaqt ichida mazkur video minglab tomoshalarni yig‘di. Muxlislar va ijtimoiy tarmoq foydalanuvchilari yosh oilani o‘g‘il farzandli bo‘lgani bilan tabriklab, chaqaloqqa sog‘lik, baxt va porloq kelajak tilashmoqda. Izohlarda ko‘pchilik yangi mehmon ota-onasiga faqat quvonch olib kelishini tilab, samimiy ezgu niyatlarini bildirib o‘tgan.

Zamin.uz saytini Google'ga qo'shing"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Zamin AI bilan muhokama qilingYangilikni tahlil qiling, foydali maslahatlar oling

Izohlar 0

Mavzuga oid yangiliklar