To‘ydagi videolar sabab Abduqodir Husanovning ukasi diqqat markazida

O‘zbekiston milliy terma jamoasi himoyachisi Abduqodir Husanovning ukasi Abbosbek Fayzullayevning to‘y marosimidagi ishtiroki ijtimoiy tarmoqlarda keng muhokama qilinmoqda.
To‘ydan tarqalgan videolar va suratlarda Abduqodir Husanovning ukasi mehmonlar bilan xushkayfiyatda muloqot qilayotgani va samimiy kayfiyatda ekani aks etgan. Bu lavhalar qisqa vaqt ichida ijtimoiy tarmoqlarda keng tarqalib, ko‘plab foydalanuvchilarning e’tiborini tortdi.
Ijtimoiy tarmoq foydalanuvchilari aka-uka o‘rtasidagi tashqi o‘xshashlikni alohida ta’kidlashmoqda. Ayrimlar esa izohlarida ukasining ancha sho‘x va ochiqfe’l ekani haqida fikr bildirmoqda.
Ma’lumki, Abbosbek Fayzullayevning to‘y marosimida o‘zbek futbolida tanilgan bir qator sportchilar va yaqinlari ishtirok etgan. Marosimdan tarqalgan videolar hali ham ijtimoiy tarmoqlarda keng muhokama qilinib, muxlislar tomonidan faol ulashilmoqda.






























Izohlar 0
…