So‘rovnomamiz davomida xonanda Sardor Mamadalievni poytaxtdan ko‘ra, viloyatlardagi to‘ylarga ko‘p chaqirishiga guvoh bo‘ldik. Uning milliy ohangdagi qo‘shiqlari viloyatlardagi to‘ylarga ko‘proq mos tushishini alohida e’tirof etishdi. Qolaversa, yaqindagina san’at olamiga kirib kelib, nom qozongan xonanda Bahrom Nazarov ham qisqa fursat ichida xalqimiz ko‘nglidan joy olganidan xabar topdik. Reyting jihatdan hamkasblarini viloyatlardagi to‘ylarda ham ortda qoldiradigan san’atkorlar ichiga Jasur Umirov ham kirarkan. Bunyodbek Saidov, Adham Soliev, Mahmud Namozov, Anvar Sanaev, Asilbek Amanulloh, Anvar Sobirov, Og‘abek Sobirov, G‘ayrat Usmonov, Tolibjon Isroilov kabi xonandalarga ham talab kattaligini bilib oldik.
Ayol xonandalar…
Sevinch Mo‘minovaning sho‘x qo‘shiqlari va butun Respublika bo‘yicha muxlislari ko‘pligi uning reyting jihatdan yuqoriligini ta’minlab turibdi. Undan keyingi o‘rinlarda Hosila Rahimova, Dildora Niyozova, Dilfuza Rahimova, Guli Asalxo‘jaeva, Hulkar Abdullaeva, Aziza Niyozmetova, Nargiz, Dilso‘z kabi san’atkorlar egalladi.
XONANDAGA “BIRROV” QULAYMI YoKI “DEJUR”
Har kuni to‘ylardan ko‘p takliflar tushib turgan xonandaga “birrov” qulayligini o‘zlari e’tirof etishdi. Sababi “dejur”ga borgan xonandaning nasibasi ko‘p qismga bo‘linar ekan. Sababi to‘y egasi bilan gaplashilgan pulning ichida o‘zi bilan birga boshlovchi, sozandalar va raqqosani ham qo‘shib olib boradi va ularga to‘ydan ulush sifatida o‘zi to‘laydi. “Birrovchi» xonandalar esa ortiqcha sarf-xarajat qilmaydi. To‘yxonaga o‘zi yoki biror yordamchisi bilan aytilgan vaqtga tashrif buyuradi va kelishilgan 3-4 qo‘shig‘ini aytib, davrani tark etadi.
FOVUT QANChA?[/b]
Reytingi baland “birrov”chining bir to‘ydagi o‘rtacha narxi 400-500 AQSh dollarini tashkil qilsa, eng reytingi baland xonandaniki 2000-2500 atrofida bo‘ladi. Viloyatning uzoq-yaqinligiga qarab, narxi o‘zgarib boraveradi. Viloyatga chaqirilgan xonandalar asosan “dejur”ga borishadi. Maqola tayyorlash jarayonida shu narsani aniqladikki, viloyatga barcha san’atkorlar ham boravermas ekan. Sababi, qo‘shiqning yarmiga kelganda chiroq o‘chib qolsa, to‘y egalari jonli ijroda kuylashni talab qilishar ekan. Bu aslida haqli talab bo‘lsa-da, bunaqa holatlarga ko‘p tushaverib, yuragini oldirib qo‘ygan qo‘shtirnoq ichidagi xonandalar rad qilish bilan cheklanib qolarkan.
Manba: Hordiq.uz “Zamin” yangiliklarini “Facebook”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Ijtimoiy tarmoqlar davrida ruhiy salomatlikni qanday saqlash mumkin?
Eron AQSHdan 1 trln dollar kompensatsiya talab qildi
Omega-3 qanday qilib ozishga yordam beradi?
O‘zi choy damlaydi va suhbatlashadi: dunyodagi birinchi “aqlli” choynak taqdim etildi (video)
Shimoliy Koreya Rossiyaga uzoqqa zarba beruvchi qurollar yubordi
Kim Chen In harbiylarni jangovar holatda turishga chaqirdi
Rashida Tolib Kongress a’zolariga «achchiq haqiqat»ning suratini ko‘rsatdi
Turkiya Isroil prezidenti samolyotini havo hududiga kiritmadi