Zebo Rahimova Janubiy Amerika bo‘ylab qilgan sayohatiga qancha sarflaganini oshkor qildi

Zebo Rahimova Janubiy Amerika bo‘ylab qilgan sayohatiga qancha sarflaganini oshkor qildi

Bloger va aktrisa Zebo Rahimova Janubiy Amerika bo‘ylab qilgan sayohati haqida qiziqarli ma’lumotlar bilan bo‘lishdi. U Braziliya va Boliviyaga uyushtirgan safariga qancha mablag‘ sarflaganini ochiq aytib berdi.

Zeboning so‘zlariga ko‘ra, ushbu sayohat uchun jami 8200 AQSH dollari sarflangan. Bu mablag‘ aviachiptalar, mehmonxonalar, transport xizmatlari, ovqatlanish va turli ko‘ngilochar tadbirlarni qamrab olgan. Bu taxminan 103,3 million so‘mga teng.

Aktrisa Braziliyada ilk bor vertolyotda parvoz qilganini, mashhur karnaval arafasida chipta xarid qilganini ham aytib o‘tdi. Shuningdek, u Rio-de-Janeyrodagi mashhur haykalni tomosha qilgani, plyajlarda dam olgani va sayyohlar orasida mashhur bo‘lgan kanat yo‘liga chiqqanini ma’lum qildi.

Bundan tashqari, Zebo Rahimova Braziliyaning milliy restoranlarida bo‘lgani, mahalliy taomlarni tatib ko‘rgani va sayohatdan katta taassurotlar bilan qaytganini ta’kidladi.

“Yeb-ichish, taksi xarajatlari, mehmonxonalar va ekskursiyalar ham shu summaga kirdi”, — deya safar xarajatlarini sanab o‘tdi bloger.

Zamin.uz saytini Google'ga qo'shing"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Nigina Zarqarayeva
«ZAMIN.UZ» muharriri

Izohlar 0

Mavzuga oid yangiliklar