Pentagon Alibaba, Baidu va BYD kompaniyalarini qora roʻyxatga kiritdi

1 daqiqa o'qish465
Pentagon Alibaba, Baidu va BYD kompaniyalarini qora roʻyxatga kiritdi

AQSH Mudofaa vazirligi (Pentagon) Xitoy harbiylarini qoʻllab-quvvatlovchi kompaniyalar roʻyxatini kengaytirdi. Yangilangan roʻyxatga Alibaba, Baidu, elektromobil ishlab chiqaruvchi BYD va robototexnika sohasida tanilgan Unitree kompaniyalari qoʻshildi. Ushbu qaror AQSH kompaniyalarining mazkur tashkilotlar bilan hamkorlik qilishini sezilarli darajada qiyinlashtirishi kutilmoqda. Bu haqda Techcrunch.com xabar beradi.

1260H deb nomlanuvchi ushbu roʻyxat 2021-yilgi Milliy mudofaa vakolatlari toʻgʻrisidagi qonun asosida shakllantirilgan. Bu AQSH hukumatining Xitoy texnologik gigantlariga nisbatan cheklovlar oʻrnatishda foydalanadigan asosiy vositalaridan biridir. Hozirda roʻyxatdagi kompaniyalar soni 188 taga yetdi va bu ikki davlat oʻrtasidagi iqtisodiy ziddiyatlarni yanada kuchaytirishi mumkin.

Xitoyning sunʼiy intellekt sohasidagi deyarli barcha yirik ishtirokchilari, jumladan, oʻtgan yili qoʻshilgan Tencent ham endilikda Pentagon nazorati ostida. Baidu kompaniyasi nafaqat qidiruv tizimi, balki avtonom boshqariladigan transport vositalari boʻyicha ham yetakchi hisoblanadi. Shu bilan birga, Donald Trump maʼmuriyati Xitoydan import qilinadigan elektromobillarga 100 foizlik boj toʻlovlarini joriy etgan edi.

Avtomobil sanoatining boshqa vakillari ham cheklovlardan chetda qolmadi. BYD bilan bir qatorda Nio, akkumulyator ishlab chiqaruvchi CALB Group va EVE Energy kompaniyalari ham roʻyxatga kiritilgan. Shuningdek, lidar sensorlari ishlab chiqaruvchi Robosense ham oʻz raqobatchisi Hesai ortidan ushbu roʻyxatdan joy oldi. Hozircha Alibaba, Baidu va BYD kabi kompaniyalar ushbu holat boʻyicha rasmiy munosabat bildirmadi.

Maqola sizga yoqdimi?

Obuna bilan reklama bo'lmaydi

Zamin Premium — oyiga 4 900 so'm

Izohlar0

…

  1. Futbol akademiyalari uchun Skaut: to‘lov, davomat va ota-ona bilan aloqa endi bitta tizimda
  2. Toshkentdan Amerikaga: Nurmuxammad Ismoilov Akinda orqali halol investitsiyani global miqyosga olib chiqmoqda
  3. Avtoservisingizni raqamlashtiring: Bip Business bilan mijozlarni yo‘qotmang
  4. Mashina oynasiga raqam yozish xavflimi? Bip haydovchilar uchun yangi yechim topdi!
  5. 8 ta keng tarqalgan moliyaviy xato: nimalardan saqlanish kerak?
  6. Playmatch: maydon egalari ishini ancha yengillashtiradi
  7. Playmatch: futbol o‘ynash uchun kerakli barcha xizmatlar bitta ilovada
  8. Kundalik xarajatlar uchun kartani qanday tanlash mumkin?
  9. Eldor Shomurodov futbol akademiyasi va TBC Bank: bolalik orzularidan katta futbolgacha
  10. ANORBANK Boʻstonliqdagi 168-son maktab-internat tarbiyalanuvchilarini tabrikladi
  11. Haydovchilar va tashuvchilar uchun OSGOP sug‘urtasining afzalliklari...
  12. Pure Milky’dan navbatdagi kreativ: Har qadam — aziz insonlarga mehr bilan!
  13. Kredit olish imkoniyatini oshirish uchun qayerda ishlash kerak?
  14. Biznes imkoniyatingizni kengaytiring
  15. Fanning rivojlanishiga barchamiz mas’ulmiz!
  16. XIV Toshkent xalqaro kinofestivali qanday o‘tkazilmoqda?