"Bu sirni hech qayerda aytmaganman, sizga aytyapman..."- Diyora Keldiyorova

O‘zbekistonlik dzyudochi Diyora Keldiyorova intervyularidan birida shaxsiy hayoti bilan bog‘liq kamdan-kam aytiladigan voqealarni so‘zlab berdi. Sportchi oilasining qo‘llab-quvvatlashi uning muvaffaqiyatlarida muhim o‘rin tutganini ta’kidladi.
“Bu sirni hech qayerda aytmaganman, sizga aytyapman. To‘yimdan 2,5 yil o‘tganidan keyin uyda birinchi marta ovqat pishirganman. Ungacha umuman ovqat qilmaganman”, — dedi Diyora Keldiyorova.
Uning aytishicha, yaqinlari va turmush o‘rtog‘i sport faoliyatini davom ettirishiga to‘sqinlik qilmagan. Aksincha, doimo qo‘llab-quvvatlab, maqsadlari sari intilishiga yordam bergan.
“Sen o‘zingni topayotgan bo‘lsang, nega yo‘lingni to‘sishimiz kerak, deyishgan. Ayollarni birinchi navbatda ayollarning o‘zi qo‘llab-quvvatlashi kerak. Turmush o‘rtog‘imning o‘rni juda katta”, — deya ta’kidladi sportchi.





























Izohlar 0
…