Jaloliddin Ahmadaliyev “kibrli” degan tanqidlarga munosabat bildirdi

Jaloliddin Ahmadaliyev “kibrli” degan tanqidlarga munosabat bildirdi

Taniqli xonanda Jaloliddin Ahmadaliyev intervyularidan birida o‘zi haqidagi turli fikrlar va tanqidlarga munosabat bildirdi. San’atkor odamlar ko‘pincha uni turlicha baholashi, ba’zilar esa uni kibrli deb hisoblashini aytdi.

Xonandaning ta’kidlashicha, u insonlar nima deyishidan ko‘ra, o‘z vijdoni oldida to‘g‘ri ish qilishni muhim deb biladi. Ayniqsa, to‘y va tadbirlardagi ishtiroki bilan bog‘liq holatlar haqida ko‘p gapirishni istamasligini ma’lum qildi.

“Ba’zilar to‘ylarga arzonroq chiq deyishadi. Men esa kimningdir to‘yiga bepul borgan bo‘lsam ham, bu haqida aytib yurmayman. Nima uchun aytishim kerak?”, — dedi xonanda.

Jaloliddin Ahmadaliyevning fikricha, ko‘plab san’atkorlar ehtiyojmand oilalarning to‘y va marosimlarida hech qanday haq olmasdan xizmat ko‘rsatadi. Biroq bunday ishlarni ommaga ko‘rsatish yoki reklama qilishni u noo‘rin deb hisoblaydi.

Zamin.uz saytini Google'ga qo'shing"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Nigina Zarqarayeva
«ZAMIN.UZ» muharriri

Izohlar 0

Mavzuga oid yangiliklar