Nilufar Usmonova onasining uyidan yana nimalarni olib ketdi? (video)

Yulduz Usmonova Instagram sahifasiga iliq va samimiy videopost joyladi. Unda xonandaning qizi Nilufar Usmonova onasining uyiga kelgani aks etgan.
Videoda Nilufar Usmonova hazil aralash gapirib, ko‘plab qizlar kabi o‘zida ham qiziq odat borligini aytadi. Uning so‘zlariga ko‘ra, onasining uyiga kelganda ko‘ziga yoqqan buyumni olib ketgisi kelib qoladi. Bu safar ham u yoqtirib qolgan stakanlar to‘plamini olib ketayotganini kulib aytib o‘tadi.
“Ba’zida o‘zimga yoqib qolsa, 'buni olsam bo‘ladimi?' deb so‘rayman. Onam esa 'olaver' deydilar. Agar tezroq chiqib ketmasam, yana boshqa narsalarni ham olib ketishim mumkin,” — deya hazillashadi u.
Mazkur videoga Yulduz Usmonova ham o‘ziga xos, ma’noli izoh qoldirdi:
“Qiz bola onasining uyiga kelsa, hatto eski supurgi ham qaltirab turar ekan. Chunki qizining ko‘ziga nima chiroyli ko‘rinsa, 'shu menga kerak ekan', deb olib ketishi mumkin.”
Ushbu samimiy va kulgili lavha muxlislar tomonidan iliq kutib olinib, izohlarda ko‘plab kulgili fikrlar va qo‘llab-quvvatlovlar yozilmoqda.





























Izohlar 0
…