Robiyaxonning to‘yida eng esda qolarli lahza: kelin-kuyov dueti! (video)

“Havas” guruhi xonadonida quvonchli kun. Jamoaning kenja xonandasi Robiyaxon turmushga chiqmoqda. Yosh san’atkorning bo‘lajak turmush o‘rtog‘i Behruzjon ekani ham ma’lum bo‘ldi.
Ijtimoiy tarmoqlarda Robiyaxon va Behruzjonning nikoh to‘yidan olingan videolar keng tarqalmoqda. Ayniqsa, ikki yoshning to‘y marosimida birgalikda qo‘shiq kuylagani foydalanuvchilar e’tiborini tortdi.
Kelin-kuyov ota-onalariga bag‘ishlab duet ijro etgan. Ularning samimiy chiqishi mehmonlarga manzur bo‘lib, ko‘pchilikning olqishiga sazovor bo‘lgan. Mazkur lahzalar aks etgan videoda Behruzjonning xursandchiligi va keliniga bo‘lgan mehrini sezish mumkin.
Ijtimoiy tarmoq foydalanuvchilari ham ushbu lavhalarga befarq qolmadi. Izohlarda ko‘pchilik kuyovning quvonchli holatiga e’tibor qaratib, Robiyaxon va Behruzjonga baxtli hayot tilamoqda. Ayrimlar esa Behruzjonning keliniga bo‘lgan mehrini samimiy izohlar bilan ta’riflamoqda.
Yangi oilaga baxt-saodat, mehr-muhabbat va totuvlik tilaymiz!
Obuna bilan reklama bo'lmaydi
Zamin Premium — oyiga 4 900 so'm
Mavzuga oid yangiliklar

































Izohlar0
…