“Havas” guruhi oilasida quvonchli kun: Robiyaxon turmushga chiqdi! (video)

“Havas” guruhi xonadonida quvonchli voqea yuz berdi. Jamoaning xushovoz xonandasi, oilaning kenja farzandi Robiyaxon turmushga chiqdi. Yosh xonandaning nikoh to‘yi aks etgan videolar ijtimoiy tarmoqlarda tarqalib, muxlislar e’tiborini tortdi.
E’lon qilingan lavhalarda Robiyaxon bo‘lajak turmush o‘rtog‘i bilan nikoh o‘qitayotgani, to‘y marosimida esa ikki yosh ota-onalari uchun qo‘shiq kuylayotgani aks etgan. Ayniqsa, ularning ota-onalariga bag‘ishlab ijro etgan taronalari marosimga o‘zgacha fayz bag‘ishlagan.
Xonandaning turmushga chiqqani haqidagi xabarni muxlislari iliq kutib oldi. Ijtimoiy tarmoq foydalanuvchilari izohlarda yangi oilaga baxt, totuvlik va uzoq umr tilab, samimiy tabriklarini yo‘llashmoqda.
Yangi qurilgan oilaga baxt-saodat, Robiyaxonga esa oilaviy hayoti va ijodiy faoliyatida muvaffaqiyat tilaymiz!
Obuna bilan reklama bo'lmaydi
Zamin Premium — oyiga 4 900 so'm
































Izohlar0
…