Ganalik 28 yoshli erkak boylik ilinjida o‘zini tiriklayin tobutga solib, 3 kun qabristonda yotdi

1 daqiqa o'qish3
Ganalik 28 yoshli erkak boylik ilinjida o‘zini tiriklayin tobutga solib, 3 kun  qabristonda yotdi

Gananing 28 yoshli fuqarosi pul va boylikni jalb qilish maqsadida g‘ayrioddiy marosimga qo‘l urib, uch kun davomida qabristondagi tobut ichida yotgani aytilmoqda. Bu haqda “My Joy Online” nashri xabar berdi.

G‘alati voqea mahalliy ovchi sayr vaqtida qabristonda qarovsiz turgan tobutni ko‘rib qolganidan so‘ng fosh bo‘lgan. Uning itlari tobut tomon yugurib borib, tinimsiz harakat qilgan. Shundan shubhalangan erkak uning ichida kimdir bo‘lishi mumkinligini taxmin qilgan.

Ovchi tobutga yaqinlashib, ichkaridagi odamni tashqariga chiqishga undagan. Hatto qurol ishlatishi mumkinligini aytib tahdid qilganidan keyin tobut ichidan bir erkak chiqqan. Ma’lum bo‘lishicha, u mahalliy dorixona shoxobchasi egasi bo‘lgan.

Ko‘p o‘tmay, voqea joyidan dorivor o‘simliklar yig‘ib yurgan tabib ham o‘tib qolgan. Ular birgalikda erkakni qishloqqa olib borishgan. Bu noodatiy hodisa haqidagi xabar tez tarqalib, mahalliy aholidan iborat katta guruh voqea tafsilotlarini bilish uchun yig‘ilgan. Ayrim fuqarolar vaziyatga oydinlik kiritish maqsadida politsiyani chaqirishni taklif qilgan.

Dastlabki taxminlarga ko‘ra, erkak qadimiy marosim doirasida pul va boylik jalb qilish umidida uch kun tobut ichida qolgan. Keyinchalik u voqeaning barcha tafsilotlarini aniqlash uchun huquq-tartibot organlariga topshirilgan.

Maqola sizga yoqdimi?

Obuna bilan reklama bo'lmaydi

Zamin Premium — oyiga 4 900 so'm

Izohlar0

…

  1. Futbol akademiyalari uchun Skaut: to‘lov, davomat va ota-ona bilan aloqa endi bitta tizimda
  2. Toshkentdan Amerikaga: Nurmuxammad Ismoilov Akinda orqali halol investitsiyani global miqyosga olib chiqmoqda
  3. Avtoservisingizni raqamlashtiring: Bip Business bilan mijozlarni yo‘qotmang
  4. Mashina oynasiga raqam yozish xavflimi? Bip haydovchilar uchun yangi yechim topdi!
  5. 8 ta keng tarqalgan moliyaviy xato: nimalardan saqlanish kerak?
  6. Playmatch: maydon egalari ishini ancha yengillashtiradi
  7. Playmatch: futbol o‘ynash uchun kerakli barcha xizmatlar bitta ilovada
  8. Kundalik xarajatlar uchun kartani qanday tanlash mumkin?
  9. Eldor Shomurodov futbol akademiyasi va TBC Bank: bolalik orzularidan katta futbolgacha
  10. ANORBANK Boʻstonliqdagi 168-son maktab-internat tarbiyalanuvchilarini tabrikladi
  11. Haydovchilar va tashuvchilar uchun OSGOP sug‘urtasining afzalliklari...
  12. Pure Milky’dan navbatdagi kreativ: Har qadam — aziz insonlarga mehr bilan!
  13. Kredit olish imkoniyatini oshirish uchun qayerda ishlash kerak?
  14. Biznes imkoniyatingizni kengaytiring
  15. Fanning rivojlanishiga barchamiz mas’ulmiz!
  16. XIV Toshkent xalqaro kinofestivali qanday o‘tkazilmoqda?