Telefon g‘ilofi orasiga 54 gramm tilla yashirgan fuqaro chegarada ushlandi

Toshkent viloyatidagi “Oybek” chegara bojxona postida oltin taqinchoqlarni yashirincha olib kirishga uringan fuqaro aniqlandi. U qimmatbaho buyumlarni telefon korpusi va g‘ilofi orasiga joylashtirib, bojxona nazoratidan olib o‘tmoqchi bo‘lgan.
Bojxona qo‘mitasi ma’lumotiga ko‘ra, qo‘shni davlatdan O‘zbekistonga kirib kelgan fuqaro belgilangan tartibda tekshiruvdan o‘tkazilgan. Nazorat jarayonida uning mobil telefoni sinchiklab ko‘zdan kechirilganda, korpus va g‘ilof orasiga yashirilgan 54 gramm tilla taqinchoqlar topilgan.
Ma’lum bo‘lishicha, fuqaro ushbu zargarlik buyumlarini bojxona deklaratsiyasida ko‘rsatmagan. Shuningdek, bojxona xodimlarining og‘zaki so‘rovi davomida ham o‘zi bilan tilla buyumlar olib kelayotganini bildirmagan.
Hozirda aniqlangan holat yuzasidan tegishli tartibda ish olib borilmoqda.
Obuna bilan reklama bo'lmaydi
Zamin Premium — oyiga 4 900 so'm
Mavzuga oid yangiliklar

































Izohlar0
…