17:51 / 17.08.2017
5 979

Akrom Shohnazarov: «O‘zbekkino»ning majlislari doim janjal bilan tugaydi, oxirida nuqta qo‘yilmaydi…»

Akrom Shohnazarov: «O‘zbekkino»ning majlislari doim janjal bilan tugaydi, oxirida nuqta qo‘yilmaydi…»
«Kinochilar uyi»da «O‘zbekkino» milliy agentligining navbatdagi yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi. Yig‘ilishda agentlik rahbariyati, kinorejissyorlar, ssenaristlar, tizim tashkilotlari rahbarlari, OAV xodimlari qatori jurnalist Feruz Muhammad ham ishtirok qildi.
Tadbirda so‘zga chiqqan yosh rejissyor Akram Shohnazarov o‘zining e’tirozli fikrlar va takliflarini bildirib o‘tdi. Bu haqida Daryo.uz ma’lum qildi.

Otabek aka, deyarli beshta majlisda qatnashdim, majlislar har safar shunaqa janjal va kelishmovchiliklar bilan tugaydi. Men oxiriga bir nuqta qo‘yilgan fikrni eshitmadim. O‘tgan safar oldingizga kirib shu masalani ham aytganman, hozir davlat filmi boshqa, xususiy film boshqa, biroq barchasi bitta o‘zbek filmi.

Lekin xususiy kinoda ijod qilayotgan rejissyorlarning ko‘pchiligini hali hech kim bilmaydi. Shuning uchun kimdir o‘sha rejissyorlarning ro‘yxatini tuzib chiqsin, ularni hech kim tanimasa-da, filmlari ma’nili, kinoning barcha qoidalariga javob beradi.
Shunday yosh rejissyorlarni bilaman, o‘qishni tugatganiga o‘n yil bo‘lsa-da prodyuser qidirish bilan ovora bo‘lib yurishmoqda. Sababi «O‘zbekkino» milliy agentligi ularga ishonib kino bermaydi, «O‘zbekkino» ishonib kino bermayotganining sababi «O‘zbekkino»dagi mutaxasislar ularning ko‘pchiligini tanimaydi.

San’at institutida bir yilda nechta rejissyor o‘qishni tugallaydi? Ko‘pchiligini kuzatsam, qayerda ishlayapsan deya savol bersam «xususiy studiya ochdim, klip suratga olyapman», deyishadi. Ustozlar «keling, kino boshladim, yordam bering» deyishsa, ish o‘rganish uchun, kerak bo‘lsa ularga choy tashib yurishga ham roziman. Hattoki ikkinchi rejissyorlik ham qilmayman, shunchaki yonida yurib, buyumlarini ko‘tarib yurishga ham roziman. O‘rgatishmaydi, majlislarimiz janjal bilan tugaydi.

Misol uchun deyarli barcha sohalar bo‘yicha taqdimotlar, taqdirlash marosimlari bo‘lib o‘tadi, ammo kino sohasi uchun deyarli hech qanday taqdirlash marosimi o‘tkazilmaydi. Kinoni orqasida qancha mehnat yotibdi, rassomlar, liboslar bo‘yicha rassomlar, ssenaristlar, grimyorlar bor. Mana masalan dunyoning nufuzli kino festivallarida ikkinchi darajali aktrisa, ikkinchi darajali aktyor, kerak bo‘lsa grafika bo‘yicha, kerak bo‘lsa ovoz rejissyorlariga ham mukofotlar beriladi. Bizda esa bitta «yilning eng yaxshi filmi» nominasiyasi bor, tamom, uni biz qaysi rejissyor suratga olganini ham bilmaymiz. Dramaturgiya bo‘yicha biz-ku mayli, ustozlarimizga ham hech qanday mukofot berilmayapti-ku…

Davlat filmimi, xususiy filmmi chet elga chiqqanda, chet ellik tomoshabinlar bu filmlarning barchasini o‘zbek filmi deyishadi. Bu filmni ustoz rejissyor Zulfiqor Musoqov suratga olgan yoki endi chiqib kelayotgan Akrom Shohnazarov, Ozod Shams suratga olgan ekan demaydi. Bu o‘zbeklarning filmi ekan deydi.

Hozir men bir prodyuser bilan ishlayman, o‘sha prodyuser menga ishonib 50 ming dollarni filmimga tikdi, bu pul uchun umrim o‘tib bormoqda. Yoshim o‘ttizga kirgan bo‘lsa ham haligacha uylanmaganman, chunki Toshkentda uy-joyim, propiskam yo‘q, biroq ijod qilish uchun, kino olish uchun harakat qilib yuribman.

Filmlarimizni bir ko‘ringlar, xontaxta, xontaxta deysizlar. Bizlardan ham sizlarning yoshingizga etgancha yaxshi filmlar chiqib qolar.
Ma’lumot uchun Akrom Shohnazarov «Yurak yig‘lar», «Hamroh» filmlarini suratga olgan.

Akrom Shoxnazarov, rejissyop

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Madaniyat » Akrom Shohnazarov: «O‘zbekkino»ning majlislari doim janjal bilan tugaydi, oxirida nuqta qo‘yilmaydi…»