Apple Photos ilovasi yangi sunʼiy intellekt funksiyalari bilan boyitildi

1 daqiqa o'qish137
Apple Photos ilovasi yangi sunʼiy intellekt funksiyalari bilan boyitildi

Apple dushanba kuni boʻlib oʻtgan WWDC 2026 konferensiyasida Photos ilovasi uchun Apple Intelligence texnologiyasiga asoslangan bir qator yangi funksiyalarni eʼlon qildi. Endilikda foydalanuvchilar sunʼiy intellekt yordamida suratlarni tahrirlashda yanada kengroq imkoniyatlarga ega boʻladilar. Bu haqda Techcrunch.com xabar beradi.

Yangi taqdim etilgan spatial “Reframe” funksiyasi tasvirlarning kompozitsiyasini oʻzgartirishga xizmat qiladi. Masalan, agar suratga olish vaqtida kadrda ortiqcha belgilar qolib ketgan boʻlsa yoki simmetriya buzilgan boʻlsa, ushbu vosita muammoni bartaraf etadi. Foydalanuvchilar suratni shunchaki surish orqali uning perspektivasini xuddi kamerani boshqa nuqtaga koʻchirgandek oʻzgartirishlari mumkin.

Tahrirlash jarayonida surat chetlarida paydo boʻladigan boʻshliqlarni Apple generativ modellari avtomatik ravishda toʻldiradi. Bunda tizim faqatgina perspektiva oʻzgarishi natijasida hosil boʻlgan boʻsh joylarni toʻldirib, tasvirning asl sahnaga mos va tabiiy qolishini taʼminlaydi.

Shuningdek, “Extend” vositasi yordamida tasvirni kengaytirish, obektlarga koʻproq joy ajratish yoki muhim detallarni qirqib tashlamasdan ufq chizigʻini toʻgʻrilash mumkin. Foydalanuvchilar barmoqlari bilan masshtabni kichraytirish orqali sahnaga yangi elementlar qoʻshish imkoniga ega boʻladilar.

Ilovaning mashhur “Cleanup” vositasi ham yangilandi. Endilikda generativ AI yordamida suratdagi xalaqit beruvchi obektlarni oʻchirish yanada sifatli va realistik koʻrinishga keldi. Foydalanuvchilar oʻchirmoqchi boʻlgan narsalarini shunchaki belgilashlari yoki ustiga bosishlari kifoya. Ushbu barcha yangilanishlar joriy yil davomida Apple Intelligence doirasida taqdim etiladi.

Maqola sizga yoqdimi?

Obuna bilan reklama bo'lmaydi

Zamin Premium — oyiga 4 900 so'm

Izohlar0

…

  1. Futbol akademiyalari uchun Skaut: to‘lov, davomat va ota-ona bilan aloqa endi bitta tizimda
  2. Toshkentdan Amerikaga: Nurmuxammad Ismoilov Akinda orqali halol investitsiyani global miqyosga olib chiqmoqda
  3. Avtoservisingizni raqamlashtiring: Bip Business bilan mijozlarni yo‘qotmang
  4. Mashina oynasiga raqam yozish xavflimi? Bip haydovchilar uchun yangi yechim topdi!
  5. 8 ta keng tarqalgan moliyaviy xato: nimalardan saqlanish kerak?
  6. Playmatch: maydon egalari ishini ancha yengillashtiradi
  7. Playmatch: futbol o‘ynash uchun kerakli barcha xizmatlar bitta ilovada
  8. Kundalik xarajatlar uchun kartani qanday tanlash mumkin?
  9. Eldor Shomurodov futbol akademiyasi va TBC Bank: bolalik orzularidan katta futbolgacha
  10. ANORBANK Boʻstonliqdagi 168-son maktab-internat tarbiyalanuvchilarini tabrikladi
  11. Haydovchilar va tashuvchilar uchun OSGOP sug‘urtasining afzalliklari...
  12. Pure Milky’dan navbatdagi kreativ: Har qadam — aziz insonlarga mehr bilan!
  13. Kredit olish imkoniyatini oshirish uchun qayerda ishlash kerak?
  14. Biznes imkoniyatingizni kengaytiring
  15. Fanning rivojlanishiga barchamiz mas’ulmiz!
  16. XIV Toshkent xalqaro kinofestivali qanday o‘tkazilmoqda?